Microsoft xizmat ko'rsatish shartnomasi

2014 yil 11-iyunda yangilangan
2014 yil, 31-iyulgacha kuchga ega

Microsoftni tanlaganingiz uchun rahmat!

Bu Siz va Microsoft korporatsiyasi (yoki yashash joyingizdagi uning filiallaridan biri) orangizdagi kelishuv hisoblanib, 1.1. bo‘limda keltirilgan dasturiy ta’minot va xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha huquqlaringizni tavsiflab beradi. Sizga qulaylik yaratish maqsadida, ushbu Shartnomaning ba’zi shartlarini savol va javob tarzida tuzdik. Shartnomani to‘laligicha ko‘rib chiqishingiz zarur, chunki barcha shartlar muhim bo‘lib, birgalikda huquqiy kelishuvni tashkil qiladi va Siz uni qabul qilganingizda, Sizga qo‘llaniladi.

1. Shartnoma diapazoni, qabul qilinishi va o‘zgartirishlari

1.1. Qaysi xizmatlar ushbu Shartnomaga asoslanadi? Outlook.com (avvalgi Hotmail), OneDrive (avvalgi SkyDrive), Microsoft account, Microsoft Oilaviy xavfsizligi, Windows Foto galereyasi, Windows Kinostudiyasi, Windows Live Pochtasi, Windows Live Bloglar tahrirchisi (ushbu xizmatlar birgalikda “Windows Xizmatlari” ga kiradi); Qo‘shimcha kelishuv orqali ushbu Shartnomaga bog‘langan Office.com, Microsoft Office 365 Home Premium, Microsoft Office 365 University va boshqa Microsoft Office-brendiga tegishli xizmatlar (“Office Xizmatlari”); Bing; va MSN Shartnoma qo‘llaniladigan asosiy xizmatlar hisoblanadi. Ushbu xizmatlarni va bu Shartnomaga bog‘langan boshqa dasturiy ta’minot, veb-sayt va xizmatlarni birgalikda “Xizmatlar” deb yuritamiz. Xizmatlar uchinchi tomonlar taqdim etgan dasturiy ta’minot yoki xizmatlarga mos kelmasligi mumkin. Xizmatlardan foydalanayotganda, Siz ushbu shartlarga (“ushbu Shartnomaga”) rioya qilishingiz lozim.

1.2. Ushbu shartnomani qanday qabul qilaman?Xizmatlardan foydalanish va ularga kirish yoki foydalanuvchi interfeysi so‘ragan joyda shartlarga roziligingizni bildirish orqali Siz mazkur Shartomaga, uni o‘zgartirmasdan, rioya qilishga roziligingizni bildirasiz.

1.3. Ushbu Shartnomani qabul qilganimdan so‘ng, Can Microsoft uni o‘zgartirishi mumkinmi? Ha. Microsoft vaqti-vaqti bilan ushbu shartlarni tuzatishi va o‘zgartirishi mumkin. Agar buni amalga oshirsak, Sizga bu haqida foydalanuvchi interfeysi orqali, e-pochta xabarida yoki boshqa vositalar orqali xabar beramiz. Agar o‘zgartirish kuchga kirgan sanadan keyin Xizmatlardan foydalansangiz, Siz o‘zgartirilgan shartlarga rozilik bergan bo‘lasiz. Agar o‘zgartirishlarga rozi bo‘lmasangiz, Xizmatlardan foydalanishni to‘xtatishingiz, 9.10-bo‘limdagi ko‘rsatmalarga rioya qilgan holda pulli Xizmatlarni bekor qilishingiz hamda Microsoft hisob qaydnomangizni yopishingiz lozim. Aks holda, yangi shartlar Sizga qo‘llaniladi.

1.4. Xizmatlarga qanday o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin? Biz doimiy ravishda Xizmatlarni takomillashtirish ustida ish olib boramiz, shu sababli Xizmatlarni istalgan vaqtda o‘zgartirishimiz mumkin. Biz Xizmatlar yoki funksiyalarning to‘g‘ri ishlamasligi mumkin bo‘lgan beta versiyalarini chiqarishimiz mumkin, yakuniy versiyada ular to‘g‘ri ishlaydi. Vaqti-vaqti bilan Xizmatlarning ba’zi qismini to‘xtatishimiz mumkin. Misol uchun, Xizmatni yetkazib berish biz uchun foydali bo‘lmasa, texnologiya o‘zgarishi yoki mijoz fikr-mulohazasi o‘zgartirish kiritilishini ko‘rsatib bersa, uchinchi tomon bilan tuzgan shartnoma o‘z kuchini yo‘qotsa va ularning materiallarini taqdim etish huquqini yo‘qotsak, yoki tashqi omillar sababli Xizmatlarni taqdim etish foydasiz, ma’nosiz bo‘lsa, shunday qilishimiz mumkin.

1.5. Xizmatlardan foydalanish uchun necha yoshda bo‘lishim lozim? Xizmatlardan foydalanish orqali Siz yashayotgan joyingiz qonunlariga ko‘ra “balog‘at” yoshiga yetgan bo‘lishingiz yoki ushbu Shartnoma shartlariga rozilik bera oladigan ota-onangiz yoki qonuniy vasiyingizga ega bo‘lishingiz lozim. Agar yashayotgan joyngizdagi balog‘at yoshi qancha ekanligini bilmasangiz, yoki ushbu bo‘limga tushinmasangiz, ota-onangiz yoki qonuniy vasiyingizdan so‘ramasdan hisob qaydnomasi yaratmang. Agar Siz hisob qaydnoma yaratadigan bolaning ota-onasi yoki qonuniy vasiyi hisoblansangiz, bolaning hisob qaydnomasi hozir ochiq yoki keyinroq yaratilishidan qat’iy nazar, Siz ushbu Shartnomani bola nomidan qabul qilasiz va hisob qaydnomalari yoki Xizmatlar ishlatilishi, jumladan, xaridlar uchun ham javobgar hisoblanasiz.

2. Microsoft hisob qaydnomasi

2.1. Microsoft hisob qaydnomasi nima? Microsoft hisob qaydnomasi - bu Sizga Microsoft va tanlangan Microsoft hamkorlari mahsulotlari, veb-saytlari va xizmatlariga kirish imkonini beradi. Microsoft hisob qaydnomasini yaratish vaqtida biz Sizdan foydalanuvchi nomi va parol, tug‘ilgan kun, muayyan demografik ma’lumot va muqobil elektron pochta manzili yoki telefon raqami kabi xavfsizlik ma’lumotlarini taqdim etishingizni so‘raymiz. Microsoft hisob qaydnomasini yaratish uchun foydalangan e-pochta manzili yoki foydalanuvchi nomi Microsofthisob qaydnomangizning faol davrida unikal bo‘ladi. Microsoft hisob qaydnomangiz Siz yoki Microsoft tomonidan yopilganda, ushbu Shartnoma shartlariga ko‘ra, e-pochta manzili yoki foydalanuvchi nomi tizimimizga qaytarilishi va boshqa foydalanuvchiga tayinlanishi mumkin. Mavjud Microsoft hisob qaydnomasi egalari o‘zlarining Microsoft hisob qaydnomalaridan foydalanishni davom ettirish uchun xavfsizlik ma’lumotlarini taqdim etishlari lozim. Microsoft hisob qaydnomangiz va xavfsizlik ma’lumotlaringizga kirish va ularni boshqarish uchun Xavfsizlik ma’lumotlari veb-sahifasiga kirishingiz mumkin (https://account.live.com/proofs/Manage). Windows Xizmatlari va Office Xizmatlariga kirish uchun Microsoft hisob qaydnomasi bilan tizimga kirishingiz lozim. Microsoft ning Microsoft hisob qaydnomangiz bilan bog‘langan ma’lumotlarni qanday to‘plashi va ishlatishi haqida ma’lumot olish uchun Maxfiylik bayonnomalarini (quyida berilgandek) ko‘rib chiqing. Hisob qaydnomangiz ma’lumotlari va parolini maxfiy saqlash va Microsoft hisob qaydnomangizda sodir bo‘layotgan barcha amallar uchun o‘zingiz javobgar bo‘lasiz. Microsoft hisob qaydnomangizdan boshqa Microsoft mahsulotlari, veb-saytlari yoki xizmatlariga (Windows, Xbox Xizmatlari va Windows Phone kabi) kirish imkonini olish uchun foydalanishingiz mumkin. Bunday qilsangiz, ana shu mahsulotlar, veb-saytlar yoki xizmatlarning muddat va shartlari, agar mazkur Shartnomadan farqli bo‘lsa, o‘sha mahsulot, veb-sayt yoki xizmatlardan foydalanishingizda Sizga nisbatan qo‘llanilishi mumkin. Microsoft hisob qaydnomangiz bilan bog‘langan xizmatlarni faol saqlash uchun Microsoft hisob qaydnomangizga doimiy ravishda kirib turishingiz lozim, kamida har yili bir marta, agar Xizmatlarning pulli bo‘limi uchun bu nazarda tutilmagan bo‘lsa. Ushbu davr mobaynida tizimga kirmasangiz, biz hisob qaydnomangizni yopamiz (bu esa Windows Xizmatlari, Office Xizmatlari, Hisob qaydnomangizda saqlangan tarkib va Microsoft hisob qaydnomasi foydalanadigan boshqa har qanday mahsulot yoki xizmatga kira olmasligingizni bildiradi). Agar Xizmatlaringiz bekor qilinsa, qonun bo‘yicha uni saqlash talab qilinmasa, Microsoft hisob qaydnomangiz bilan bog‘langan ma’lumot yoki Tarkibni (quyida berilganidek) o‘chirib tashlaymiz, yoki uning bog‘lanishini Sizdan yoki Microsoft hisob qaydnomangizdan uzib tashlaymiz.

2.2. Microsoft hisob qaydnomamga kira olmasam, nima qilishim kerak? Agar Siz parolingizni esdan chiqarib qo‘ygan yoki boshqa sababga ko‘ra Microsoft hisob qaydnomangizni unutib qo‘ygan bo‘lsangiz, Parolingizni qayta o‘rnatish veb-sahifasiga (https://account.live.com/password/reset) kirish orqali Microsoft hisob qaydnomangizni tiklashingiz mumkin. Microsoft hisob qaydnomangizni tiklashingiz uchun imkon darajasida yordam beramiz; lekin Microsoft hisob qaydnomangiz yoki undagi Tarkib tiklanishiga kafolat bera olmaymiz.

2.3. Agar Microsoft hisob qaydnomamni Microsoft dan olmagan bo‘lsam, nima bo‘ladi? Microsoft foydalanuvchilarga o‘zlarining Microsoft hisob qaydnomalarini boshqaga taqdim etish uchun ruxsat bermaydi, lekin ba’zi hollarda, biz Sizga Microsoft hisob qaydnomangizni maktab, biznes, Internet xizmati ta’minotchisi (ISP) yoki boshqariladigan domen ma’muri kabi uchinchi tomon orqali olish imkonini beramiz (http://www.domains.live.com). Bunday holatlarda uchunchi tomon parolingizni o‘zgartirish, Microsoft hisob qaydnomangiz ishlatilishi yoki profil ma’lumotlarini ko‘rish, hisob qaydnomangizdagi Tarkibni o‘qish yoki saqlash, yoki Microsoft hisob qaydnomangizni to‘xtatib qo‘yish yoki bekor qilish kabi huquqlarga ega bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda Siz mazkur Shartnoma hamda uchinchi tomondan ana shu tomonning Sizga qo‘yadigan qo‘shimcha foydalanish shartlariga amal qilishingiz kerak bo‘ladi. Microsoft uchinchi tomonlarning qo‘shimcha foydalanish shartlariga javobgar hisoblanmaydi. Agar Siz boshqariladigan domenning ma’muri bo‘lsangiz, o‘sha domendagi hisob qaydnomalarda sodir bo‘ladigan barcha faoliyat uchun javobgar hisoblanasiz.

3. Tarkib

3.1. Xizmatlarga qo‘yadigan Tarkiblarimga kim egalik qiladi? Siz egalik qilasiz. Ba’zi Xizmatlar Sizga boshqalar bilan muloqot o‘rnatish yoki rasm, hujjat, musiqa va video kabi har xil turdagi fayllarni saqlash va baham ko‘rish imkonini beradi. Xabar va fayllaringizdagi narsalar Sizning “Tarkib” hisoblanadi, o‘zingizning tarkibingiz (kliplar to‘plami kabilar) sifatida kiritgan va biz tomondan ruxsat berilgan materialdan tashqari Siz xizmatlarga taqdim qilayotgan Tarkibga egalik huquqini da’vo qilmaymiz. Tarkibingiz faqat Sizning Tarkib bo‘lib qoladi va uning uchun Siz mas’ul bo‘lasiz. Xizmatlarda Siz va boshqalar tomonidan taqdim etilgan Tarkib uchun har qanday majburiyatni boshqarmaymiz, tasdiqlamaymiz, to‘lamaymiz, ma’qullamaymiz yoki boshqa yo‘l bilan zimmamizga olmaymiz.

3.2. Tarkibimga kim kira oladi? Tarkibingizga kim kira olishini boshqarish uchun Siz asosiy nazoratchi hisoblanasiz. Vaholanki, Xizmatlarning ommaviy joylarida, Tarkibni ommaga baham ko‘rish imkonini beruvchi funksiyalar orqali yoki Siz tanlagan odamlar mavjud bo‘lgan umumiy joylarda Tarkibni baham ko‘rsangiz, Siz Tarkibni baham ko‘rgan istalgan foydalanuvchi o‘sha Tarkibni o‘zlarining Xizmatlar va boshqa Microsoft yoki uning litsenziyalari, mahsulotlari va xizmatlaridan foydalanishi bo‘yicha bepul foydalanishi, saqlashi, qayta ishlab chiqishi, efirga uzatishi, aks ettirishi yoki boshqaga uzatishiga rozilik berasiz.Agarda boshqalarning ana shu imkoniyatlarga ega bo‘lishini xohlamasangiz, Tarkibingizni baham ko‘rish uchun Xizmatlardan foydalanmang. Ushbu Shartnoma amal qilish davri davomida Siz Xizmatlarda yuklayotgan yoki almashayotgan va Tarkibda foydalanayotgan Tarkib uchun barcha kerakli huquqlaringiz borligini (va bo‘lishini) tasdiqlaysiz va ushbu 3.2 bo‘limida aytilayotgan tarkibdan foydalanish har qanday huquqni buzmasligiga kafolat berasiz.

3.3. Microsoft mening Tarkibimni nima qiladi? Tarkibni Xizmatlarga uzatayotganingizda yoki yuklayotganingizda, Microsoft ga Tarkibdan kerakli maqsadlarda butun dunyo bo‘ylab foydalanish huquqini bermoqdasiz: Xizmatlarni Sizga taqdim etish, Sizni himoya qilish va Microsoft mahsulot va xizmatlarini takomillashtirish uchun. Microsoft quyidagilar asosida Tarkibingizdan foydalanadi va uni himoya qiladi: Windows Xizmatlari Maxfiylik bayonnomasi (http://go.microsoft.com/fwlink/?LinkID=253457), Bing Maxfiylik bayonnomasi (http://go.microsoft.com/fwlink/?LinkId=248686), MSN Maxfiylik bayonnomasi (http://go.microsoft.com/fwlink/?LinkId=248688), and Office Xizmatlari Maxfiylik bayonnomasi (http://go.microsoft.com/fwlink/?LinkId=327851) (umumiy qilib “Maxfiylik bayonnomalari”).

3.4. Xizmatlar tomonidan qanday turdagi reklama ishlatiladi? Xizmatlarning ba’zilari tomonidan reklama qo‘llab-quvvatlanadi. Microsoft ning reklamalarni moslashtirish nazoratlari haqidagi ma’lumotlar Sizning maxfiylik va Microsoft moslashtirilgan reklamalari veb-saytida mavjud (http://choice.microsoft.com). Biz reklamalarni Sizga yo‘naltirish uchun e-pochta, chat, video qo‘ng‘iroqlar yoki ovozli pochtangizdagi ma’lumotlardan foydalanmaymiz. Biz reklamalarni Sizga yo‘naltirish uchun hujjat, rasm yoki boshqa shaxsiy fayllaringizdan foydalanmaymiz. Bizning maxfiylik siyosatimiz Maxfiylik bayonnomalarida batafsil berilgan.

3.5. Does Microsoft ovoz bilan ishlaydigan xizmatlarga ham egami? Ha. Ovoz yordamida ishlaydigan Xizmatdan foydalansangiz, Microsoft ga ovozli xizmatlar sifatini va aniqligini oshirish uchun Microsoft tomonidan hamda Maxfiylik bayonnomasi asosida foydalanish va to‘plash uchun ruxsat berilishiga rozilik berasiz.

3.6. Qanday turdagi Tarkib yoki amallarga ruxsat berilmaydi? O‘z mijoz va Xizmatlarimizni himoya qilish maqsadida Xizmatlar ishlatilishini nazorat qiluvchi O‘zini tutish qoidalarini ishlab chiqqanmiz. Ushbu Shartnoma shartlarini buzuvchi tarkib yoki amallarga ruxsat berilmaydi.

  1. i. i. Xizmatlardan noqonuniy harakatlarni amalga oshirish uchun foydalanmaslik.

  2. ii. Bolalarga zarar yetkazishi yoki tahdid solishi mumkin bo‘lgan faoliyatlarda ishtirok etmaslik.

  3. iii. Spam yubormaslik yoki boshqalarda spam yuborishda yordam berish uchun hisob qaydnomangizdan foydalanmaslik. Spam - bu hajmli nomaqbul e-pochta, e’lonlar yoki lahzali xabarlar.

  4. iv. Nomaqbul tasvirlarni ommaviy namoyish qilmaslik (misol uchun, yalang‘ochlik, zo‘ravonlik, pornografiya).

  5. v. v. Aldov yoki firibgarlik hisoblangan faoliyatlarda ishtirok etmaslik (misol uchun, qalbaki ma’lumotlar bilan, boshqa inson nomidan pul so‘rashga urinish).

  6. vi. Xizmatlarga yoki boshqalarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan faoliyatlarda ishtirok etmaslik (misol uchun, viruslar, kuzatib borish, kamsitish, boshqalarga nisbatan zo‘ravonlikni targ‘ib qilish).

  7. vii. Boshqa odamlarning huquqini buzmaslik (misol uchun, mualliflik huquqi bilan himoyalangan musiqani ruxsatsiz baham ko‘rish, qayta sotish yoki Bing xaritalarini, fotosuratlarini va boshqa Tarkibni tarqatish).

  8. viii. Boshqalarning maxfiyligiga tahdid soladigan faoliyatlarda ishtirok etmaslik.

Ko‘pgina hollarda Microsoft mijoz shikoyatlari orqali O‘zini tutish qoidalari buzilishi haqida xabar oladi, lekin bundan tashqari, biz bolalar pornografiyasi yoki tizim, mijozlarimiz yoki boshqalarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan haqoratli xulqni aniqlaydigan avtomatlashtirilgan texnologiyalardan ham foydalanamiz. Ushbu holatlarni surishtirish vaqtida Microsoft yoki uning agentlari muammoni bartaraf etish maqsadida Tarkibni ko‘rib chiqadilar. Bu ushbu Shartnomada va Maxfiylik bayonnomalarida berilgan foydalanish shartlariga qo‘shimcha hisoblanadi.

3.7. Microsoft Tarkibimni xizmatlardan olib tashlashi mumkinmi? Ha. Agar biz ushbu Shartnoma shartlarining buzilishini aniqlasak, boshqa foydalanuvchilardan shikoyatlar, mualliflik huquqi buzilishi haqidagi ogoghlantirish, yoki olib tashlash uchun boshqa ko‘rsatmalarni olsak, Microsoft Tarkibingizni olib tashlaydi, uning tarqatilishini cheklaydi yoki unga kirish imkoniyatini o‘chiradi. Xizmatlar yoki mijozlarimizni himoya qilish yoki boshqachasiga mazkur Shartnoma shartlari bajarilishini ta’minlash maqsadida Xizmatlarga/dan xabarlarning (e-pochta xabarini yoki lahzali xabar) yetkazilishini bloklashimiz mumkin.

4. Xizmatlarni bekor qilish

4.1. Agar mazkur Shartnoma shartlarini bajarmasam, nima bo‘ladi? Agar ushbu Shartnoma shartlarini buzsangiz, quyidagilarni amallarni bajarishimiz mumkin: Tarkibingizni Xizmatlardan olib tashlash, Xizmatlarga kirish huquqingizni to‘xtatib qo‘yish yoki bekor qilish, Microsoft hisob qaydnomangizni o‘chirish yoki to‘xtatish (bu Microsoft mahsulotlari, xizmatlari yoki Microsoft hisob qaydnomangizga ulangan Tarkibga kira olmasligingizni bildiradi). Va/yoki bunday amallarni tegishli tashkilotlarga taqdim etish. Yo‘q qilingan Tarkibni tiklab bo‘lmasligi mumkin.

4.2.\\tMeni Xizmatlarga kirish huquqidan mahrum qiladigan yana boshqa sabablar bormi? Ha. Microsoft hisob qaydnomangizga (Outlook.com, OneDriveyoki Microsoft hisob qaydnomasidan foydalanuvchi boshqa xizmat orqali) har yili kamida bir marta kira olmasangiz, Xizmatlarga kira olmasligingizni va Tarkibingizni yo‘qotishingizni bildiradi (agar pulli Xizmatlar shartlarida boshqa narsa nazarda tutilmagan bo‘lsa). Qo‘shimcha ravishda, 1.4-bo‘limga ko‘ra, Microsoft Xizmatlarning ba’zi qismlarini taqdim etishni to‘xtatishi mumkin. Agar Siz Xizmatlarning pulli qismiga ro‘yxatdan o‘tsangiz va to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshira olmasangiz, ana shu Xizmatni to‘xtatib qo‘yishimiz yoki bekor qilishimiz mumkin (batafsil ko‘rish uchun 9.1-bo‘linga qarang).

4.3. Xizmatlarni qanday qilib tugatishim mumkin? Hisob qaydnoma veb-sahifasiga o‘tish orqali Microsoft hisob qaydnomangiz bilan bog‘langan Xizmatlarni istalgan vaqtda va istalgan sababga ko‘ra tugatishingiz mumkin (https://account.live.com/closeaccount.aspx). Xizmatlarning pulli qismini bekor qilish uchun, 9.10-bo‘limga qarang. Agar Siz Xizmatlaringizni bekor qilsangiz, Xizmatlardagi Tarkibingizni olib tashlashning eng tez usuli uni Xizmatlarning turli tarkibiy qismlaridan qo‘lda olib tashlashdir (masalan, e-pochtangizni qo‘lda o‘chirib tashlash). Biroq shuni esda tutingki, Siz yo‘q qilgan Tarkib yopiq hisob qaydnomasiga tegishli bo‘lsa, unga kira olmasligingiz mumkin va u bir muddat tizimlarimizda saqlab qolinadi. Microsoft ning saqlash tajribasi haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Maxfiylik bayonnomasiga qarang.

4.4. Agar Xizmatlarim bekor qilinsa yoki tugatilsa, nima bo‘ladi? Agar Xizmatlaringiz bekor qilinsa yoki yo‘q qilinsa (Siz tomondanmi yoki biz tomondan), Xizmatlardan foydalanish huquqingiz darhol to‘xtatiladi va Xizmatlarga tegishli dasturiy ta’minotdan foydalanish litsenziyangiz tugaydi. So‘ngra Siz dasturiy ta’minotni olib tashlashingiz shart, yoki uni tegishli ravishda o‘chirib qo‘yishimiz mumkin. Agar Microsoft hisob qaydnomangiz bekor qilingan bo‘lsa (Siz tomondanmi yoki biz tomondan), Microsoft hisob qaydnomangizdan foydalanish huquqingiz darhol to‘xtatiladi. Agar Xizmatlaringizdan birortasi bekor qilingan yoki tugatilgan bo‘lsa, yoki Microsoft hisob qaydnomangiz yopilgan bo‘lsa, Microsoft hisob qaydnomangiz bilan bog‘langan Tarkib yoki ma’lumotlarni o‘chirib tashlaymiz, yoki uni Microsoft hisob qaydnomangizdan uzib qo‘yamiz. Tarkibni Sizga qaytarish vakolatiga ega emasmiz.

5. Maxfiylik

Sizning maxfiyligingiz biz uchun muhim. Maxfiylik bayonnomalarida Sizdan to‘playdigan Tarkib va ma’lumotlaringizni qanday ishlatishimiz va himoyalashimiz berilgan. Ular muhim, shu sababli ularni diqqat bilan o‘qing. Ushbu Shartnoma Maxfiylik bayonnomalari bilan birgalikda ishlaydi. Xizmatlardan foydalanish yoki ushbu shartlarga rozilik berish orqali Siz Tarkib va ma’lumotlaringizning Maxfiylik bayonnomalari asosida Microsoft tomonidan to‘planishi, ishlatilishi va fosh qilinishiga rozilik berasiz.

6. Xizmatlarning izdan chiqishi va zahiralash

Biz Xizmatlarni yangilangan va ishlayotgan holda saqlashga urinamiz; vaholanki, barcha onlayn xizmatlarda vaqti-vaqti bilan to‘xtash va uzilishlar sodir bo‘ladi va Microsoft uzilish yoki uning oqibatida yuzaga keluvchi yo‘qotishlar uchun javobgar hisoblanmaydi. Xizmatlarda saqlaydigan Tarkibingizni tez-tez zahiralab borishingiz kerak bo‘ladi. Muntazam ravishda zahiralash rejasiga ega bo‘lish va unga amal qilish Tarkibingizning yo‘qotilishini oldini oladi. Quyidagi batafsil xizmat holatini taqdim etishga urinmoqdamiz: Xizmat holati veb-sayti (http://status.live.com).

7. Dasturiy ta’minot

7.1. Xizmatlarning bir qismi hisoblangan dasturiy ta’minot qaysi shartlar bilan nazorat qilinadi? Biz tomonimizdan Xizmatlarning bir qismi sifatida taqdim etilgan dasturiy ta’minot, agar u alohida litsenziya kelishuvi bilan birga kelmasa, ushbu Shartnoma shartlari asosida ishlaydi. Dasturiy ta’minot litsenziyalanadi, sotilmaydi va Microsoft dasturiy ta’minotning Microsoft tomonidan bilvosita, atayin yoki boshqa maqsadda taqdim etilmagan barcha mualliflik huquqlarini o‘zida saqlab qoladi. Agar mazkur Shartnoma Siz ko‘rayotgan veb-saytni boshqarsa, ushbu veb-saytga ulangan yoki undan havola qilingan uchinchi tomonning ssenariysi yoki kodi ana shu kod egasi hisoblangan uchinchi tomon nomidan, Microsoft tomonidan emas, litsenziyalanadi.

7.2. Xizmatlarning bir qismi sifatida taqdim etilgan dasturiy ta’minotdan qanday foydalanishim mumkin? Xizmatlarning bir qismidan foydalanishingiz sifatida biz Sizga dasturiy ta’minotning bir nusxasini faqat bitta qurilmada o‘rnatishga va bir vaqtda faqat bitta shaxs tomonidan foydalanish huquqini taqdim etamiz, faqatgina mazkur Shartnomaning boshqa barcha shartlariga rioya qilayotgan bo‘lsangiz.

7.3. Dasturiy ta’minot yoki Xizmatlar yordamida qila olmaydigan narsalar bormi? Ha. Mazkur Shartnomadagi boshqa cheklovlarga qo‘shimcha ravishda, dasturiy ta’minot yoki Xizmatlarda yoki ularga bog‘liq bo‘lgan har qanday texnologik himoya chora-tadbirlarini e’tiborsiz qoldirib yoki chetlab o‘tolmaysiz, yoki Xizmatlarga qo‘shilgan yoki ularda kirish mumkin bo‘lgan har qanday dasturiy ta’minotni ajrata olmaysiz, yoki dekompilyatsiya qila olmaysiz yoki reinjinirng qila olmaysiz, lekin agar shunga qo‘llaniladigan mualliflik huquqi ochiq ruxsat bergan bo‘lsa, bundan mustasno; dasturiy ta’minot yoki xizmatlarning tarkibiy qismlarini boshqa qurilmalarda ishlatish uchun ajratish mumkin emas; dasturiy ta’minot yoki Xizmatlarni nashr qilish, nusxalash, ijaraga olish yoki berish, yoki qarzga berish mumkin emas; yoki dasturiy ta’minotni, har qanday dasturiy ta’minot litsenziyasi yoki Xizmatlar bilan bog‘liq har qanday huquqlarni uzatish mumkin emas, mazkur Shartnomada nazarda tutilgan ochiq ruxsatlar bundan mustasno. Xizmatlardan boshqalarning foydalanishiga yoki istalgan xizmat, ma’lumot, hisob qaydnomasi yoki tarmoqqa kirish huquqini olishiga xalal beradigan ruxsat berilmagan usulda foydalana olmaysiz. Siz uchinchi tomonning ruxsat etilmagan Xizmatlariga kirish huquqini yoqa olmasligingiz mumkin.

7.4. Dasturiy ta’minot qanday yangilanadi? Biz dasturiy ta’minotingiz versiyasini avtomatik tarzda tekshirishimiz mumkin. Biz vaqti-vaqti bilan dasturiy ta’minotingizga yangilanishlarni avtomatik tarzda yuklab olishimiz ham mumkin. Siz bunday yangilanishlarni mazkur shartlar asosida qabul qilishga roziligingizni bildirasiz, agar yangilanishlar bilan boshqa shartlar kelsa, bundan mustasno. Agar shunday bo‘lsa, yangilanishlar bilan kelgan shartlar qo‘llaniladi. Microsoft yangilanishlarni taqdim qilish majburiyatini olmaydi va litsenziyalagan dasturiy ta’minotingizning versiyasini qo‘llab-quvvatlanishiga kafolat bermaydi. Bunday yangilanishlar uchinchi tomonlardan taqdim qilingan dasturiy ta’minot va xizmatlarga mos kelmasligi mumkin.

8. Office Xizmatlari, MSN, va Bing uchun qo‘shimcha shartlar

8.1. Office Xizmatlari media elementlari va shablonlari. Office Xizmatlaridan foydalansangiz, Siz Office.com saytida mavjud bo‘lgan dasturiy ta’minot tomonidan taqdim qilingan yoki dasturiy ta’minotga bog‘liq bo‘lgan xizmatlarning bir qismi sifatida kelgan media rasmlar, klip art, animatsiyalar, ovozlar, musiqa, video klip, qolip va boshqa turdagi materiallarga ("media elementlari") kira olasiz. Microsoft Sizga loyiha va hujjatlardagi Office Xizmatlari bilan qamrab olingan media elementlarini nusxalash, tarqatish, amalga oshirish va aks ettirish uchun litsenziyani taqdim etadi, lekin quyidagilarga ruxsat berilmaydi: (i) media elementlarning o‘zini yoki boshqa mahsulot bilan birga, agar media elementi ana shu mahsulotning aksar qiymatini tashkil qiladigan bo‘lsa, sota olmaysiz, foydalanishga ruxsat bera olmaysiz yoki nusxalarini tarqata olmaysiz; (ii) ana shu media elementlarga bo‘lgan iste’molchilik huquqingizni boshqaga bera olmaysiz yoki tarqata olmaysiz; (iii) boshqalarning shaxsiyatini aniqlaydigan rasmlar, hukumat rasmlari, logotiplar, savdo belgilari yoki emblemalari aks ettirilgan rasmli media elementlarni boshqalarga tijorat maqsadida foydalanish ruxsatini bera olmaysiz yoki tarqata olmaysiz; yoki (iv) media elementlardan foydalangan holda nomunosib va axloqsiz narsalarni yaratish ta’qiqlanadi. Ba’zi Office Xizmatlari orqali boshqa veb-saytlarda kirish mumkin bo‘lgan boshqa media elementlar o‘sha veb-saytlardagi shartlar tomonidan nazorat qilinadi.

8.2. Bing va MSN materiallari. Bing va MSN da mavjud bo‘lgan maqola, rasm, video, uchinchi tomon materiali va biriktirilgan video pleyer faqat notijorat, shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan va ushbu Shartnomada berilgan yoki Microsofttomonidan ruxsat berilmagan bo‘lsa, huquq egalarining ruxsatisiz yuklab olinishi, nusxa olinishi, nashr qilinishi, ijaraga olinishi, lizingga berilishi, qarzga olinishi yoki qayta tarqatilishi mumkin emas, tegishli mualliflik huquqi haqidagi qonunlarda bunday qilish ruxsat berilmagan bo‘lsa. Ushbu material litsenziyalanadi, sotilmaydi va Microsoft yoki boshqa huquq egalari materialning Microsoft tomonidan litsenziya ostida bilvosita, atayin yoki boshqa maqsadda taqdim etilmagan barcha mualliflik huquqlarini o‘zida saqlab qoladi. Uchinchi tomonlar qo‘shimcha material yoki xizmatlarni sotiladigan qilinishini yoki Bing yoki MSN ichida litsenziyalanishini tanlashi mumkin. Microsoft bunday material yoki xizmatlar uchun javobgar hisoblanmaydi. Biriktiriladigan video pleyerdan asosiy maqsadi reklamalarni ko‘rsatish yoki obuna vznoslarini to‘plash bo‘lgan, yoki Bing yoki MSN bilan bevosita musobaqalashayotgan bo‘lsa, bizning yozma roziligimizni olmaguningizga qadar foydalana olmaysiz. Biriktiriladigan video pleyerdan foydalanish uchinchi tomonning Sizdan qo‘shimcha xarajatlar, to‘lovlar va gonorarlar, jumladan, mamlakatingiz yoki mintaqangizdagi ommaviy foydalanish gonorarlari olinishiga o‘z roziligingizni bildirasiz.

8.3. Bing Xaritalari Qush Parvozi balandligidan olingan ko‘rinish. Bing Xaritalari uchun, bizning yozma ruxsatimizsiz Qo‘shma Shtatlar, Kanada, Meksika, Yangi Zelandiya, Avstraliya yoki Yaponiya Qush parvozi balandligi olingan ko‘rinishidan hukumat organlari uchun foydalana olmaysizolingan ko‘rinishidan foydalana olmaysiz.

9. Microsoft pul to‘lasangiz, quyidagi shartlar Sizga qo‘llaniladi

9.1. To‘lovlar. Agar Xizmatlarning bir qismi uchun to‘lov olish nazarda tutligan bo‘lsa, Siz ana shu haqni to‘lashga rozisiz. Xizmat uchun belgilangan narx barcha soliqlar va valyuta ayriboshlash hisob-kitoblarini o‘z ichiga olmaydi, agar qonunda belgilanmagan bo‘lsa. Bunday soliq yoki boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun o‘zingiz javobgar hisoblanasiz. Agar to‘lov Sizdan o‘z vaqtida va to‘laligicha olinsa, biz Xizmatlarni to‘xtatib qo‘yishimiz yoki bekor qilishimiz mumkin. To‘lovni amalga oshirmaganligingiz tufayli xizmatlarni to‘xtatib qo‘yish yoki bekor qilish natijasida Siz hisob qaydnomangizga va undagi Tarkibingizga kira olmaysiz va undan foydalana olmaysiz.

9.2. Billing hisob raqamingiz. Xizmat uchun haq to‘lashingiz uchun Xizmatda ro‘yxatdan o‘tishingiz uchun ro‘yxatdan o‘tayotgan paytingizda Sizdan to‘lov usulini taqdim qilish so‘raladi. Billing va Hisob raqamini boshqarish veb-saytida (https://commerce.microsoft.com) billing hisob raqamingiz ma’lumotlariga kirishingiz va ularni o‘zgartirishingiz mumkin. Bundan tashqari, Siz Microsoft ga bankingiz yoki ishlatadigan to‘lov tarmog‘ingiz tomonidan taqdim etilgan to‘lov usuliga tegishli yangilangan hisob raqami ma’lumotlaridan foydalanishiga ruxsat berishga rozisiz. Siz billing hisob raqamingiz ma’lumotini har doim ishlab turishiga roziligingizni bildirasiz. Billing hisob raqamingizga kiritilgan o‘zgartirishlar billing hisob raqamingizga oldin taqdim etgan to‘lovlarimizga ta’sir qilmaydi, uni tegishli ravishda o‘zgartirmagunimizga qadar.

9.3. Billing. Microsoft to‘lov usulini taqdim etish orqali Siz (i) taqdim etgan to‘lov usulingizdan foydalanish huquqiga ekanligingizni va taqdim etilgan har qanday to‘lov ma’lumotlari to‘g‘ri va aniq ekranligini bildirasiz; (ii) Microsoft ga Xizmatlardan foydalanganingiz uchun to‘lob usulingiz orqali to‘lov olishiga ruxsat berasiz; va (iii) Microsoft ga Xizmatlarning Siz ro‘yxatdan o‘tmoqchi bo‘lgan pulli funksiyasi uchun yoki ushbu Shartnoma kuchga ega bo‘lgan vaqtda to‘lov olish uchun ruxsat berasiz. Biz Sizga (a) oldindan; (b) xarid qilish paytingizda; (c) xarid qilib bo‘lganingizdan so‘ng qisqa muddat ichida; yoki (d) obuna bo‘lgan Xizmatlarga takrorlanuvchi hisob qo‘yishimiz mumkin. Shunigdek, biz Sizdan o‘zingiz tasdiqlagan qiymat bo‘yicha to‘lov olishimiz mumkin va Siz obuna bo‘ladigan davriy xizmatlar uchun olinadigan to‘lovlarga o‘zgarish kiritilsa, bu haqida Sizni oldindan xabardor qilamiz. Biz Sizga bir vaqtning o‘zida avval amalga oshirilmagan to‘lovlar uchun bittadan ko‘p bo‘lgan hisoblash davrlari uchun to‘lov olishimiz mumkin.

9.4. Avtomatik yangilash. Mamlakatingiz, viloyatingiz yoki tumaningizda avtomatik yangilashlar ruxsat etilgan sharti bilan, Xizmatlaringizni yangilashdan oldin Sizga bu haqida elektorn pochta orqali xabar beramiz. Sizga Xizmatlaringizning avtomatik yangilanishi haqida xabar berganimizdan so‘ng, ularni avtomatik tarzda yangilashimiz va yangilash uchun joriy narxda haq olishimiz mumkin. Shuningdek, Sizga Xizmatlar yangilanishi uchun, yangilash sanasida bo‘ladimi yoki keyinroqmi, tanlangan to‘lov usulingizga hisob qo‘yishimizni eslatib o‘tmoqchimiz. Shu bilan birga biz Xizmatlarni qanday qilib bekor qila olishingiz bo‘yicha ko‘rsatmalarni taqdim qilamiz. Yangilash uchun Sizga hisob qo‘yilishining oldini olish maqsadida Xizmatlarni yangilash sanasidan oldin bekor qilishingiz shart.

9.5. Onlayn bayonnoma va xatolar. Billing va Hisob raqamini boshqarish veb-saytida (https://commerce.microsoft.com) Sizga onlayn billing bayonnomasini taqdim etamiz, u yerda Siz bayonnomani ko‘rib chiqishingiz va chop etishingiz mumkin. Ana shu biz taqdim etgan yagona billing bayonnomasidir. Har bir onlayn bayonnomani o‘zingiz chop etib nusxasini saqlab qo‘yishingiz va o‘z yozuvlaringizga qo‘shib qo‘yishingiz kerak bo‘ladi. Agar biz Sizdan to‘lov olishda xatoga yo‘l qo‘yadigan bo‘lsak, Siz xato hisobingizda birinchi bor ko‘ringandan so‘ng 120 kun ichida bizga xabar berishingiz shart. Biz zudlik bilan taqdim etilgan to‘lovni tekshirib chiqamiz. Agar ko‘rsatilgan muddat ichida bizga xatoning xabarini bermasangiz, shunday xato uchun yuzaga kelgan yo‘qotishingiz uchun barcha javobgarliklardan bizni ozod qilgan bo‘lasiz va bizdan xatoni to‘g‘irlash va ko‘rilgan zararni qoplashni talab qila olmaysiz. Microsoft qo‘yilgan hisobda xato topsa, biz 90 kun ichida shu xatoni tuzatamiz.

9.6. Sovutib qo‘yish muddati. Bizdan xizmatni ishga tushirishni talab qilishingiz bilan, Sizga zudlik bilan ana shu xizmatni ko‘rsatishimizga roziligingizni bildirasiz. Siz bekor qilish yoki "sovutib qo‘yish" davri huquqiga ega bo‘lmaysiz, qonunda talab qilingan sovutib qo‘yish muddati bundan mustasno. Siz pullik xizmatlarni 9.10-bo‘limda ko‘rsatilgan shartlar asosida bekor qilishingiz mumkin. Agar qonuningizga sovutib qo‘yish davri ko‘zda tutilgan bo‘lsa va Siz ana shu muddat ichida bekor qilsangiz, to‘lagan barcha to‘lovlaringiz tegishli muddat ichida qaytarib beriladi. Agar Siz Tayvanda yashasangiz, Xizmatni olgandan so‘ng yetti (7) kun ichida bizga yozma xabar berish orqali Xizmatni har qanday to‘lov yoki narx majburiyatisiz bekor qilishingiz mumkin va to‘lagan mablag‘laringizni to‘liqligicha qaytarib olasiz.

9.7. Sinov muddati takliflari.Agar Siz har qanday sinov muddatli Xizmatlardan foydalanayotgan bo‘lsangiz, sinov muddati nihoyasiga yetishi bilan Sizdan yangi haq undirilishining oldini olish uchun Xizmatlaringizni o‘chirib tashlashingiz shart, agar Sizga boshqacha xabar bersak, bu shartdan mustasnodir. Agar Siz xizmatlarni sinov muddati tugagandan so‘ng bekor qilmasangiz, biz xizmatlar uchun haq olishimiz mumkin bo‘ladi.

9.8. Narxlar o‘zgarishi. Biz ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun narxlarni istalgan paytda o‘zgartirishimiz mumkin va Sizni narx o‘zgarishidan 15 kun oldin elektron pochta orqali xabardor qilamiz. Agar Siz o‘zgargan narxga rozi bo‘lmasangiz, Siz o‘zgargan narx kuchga kirgunga qadar Xizmatlarni bekor qilishingiz va undan foydalanishni to‘xtatishingiz shart. Agar Siz Xizmatingiz uchun muayyan muddatga tayinlangan narx olgan bo‘lsangiz, ana shu narx tayinlangan muddat ichida o‘zgarmas bo‘lib qoladi.

9.9. To‘lovlarni qaytarib berish siyosatlari. Agar qonunda yoki muayyan xizmat taklifida boshqacha shart nazarda tutilmagan bo‘lsa, barcha xaridlar qat’iy va to‘lovlar qaytarib berilmaydigan hisoblanadi.

9.10. Xizmatlarni bekor qilish. Siz xizmatlarni, sabab bilanmi yoki sababsiz, istalgan paytda bekor qilishingiz mumkin. Xizmatlaringizni qanday bekor qilish bo‘yicha ma’lumot va yo‘riqnoma Billing va Hisob raqami boshqaruvi veb-saytida (https://commerce.microsoft.com) taqdim etilgan. Agar yurisdiktsiyangiz qonuni boshqacha talab qilmasa, Xizmatlarni bekor qilinishida quyidagicha tavsif qilishingiz kerak (i) bekor qilish paytida pullaringiz qaytarib berilmaydi; (ii) qonun bilan ruxsat berilgan bo‘lsa, Siz bekor qilish to‘lovini amalga oshirishingiz shart bo‘lishi mumkin; (iii) Sizga xizmatni bekor qilish sanasidan oldin qo‘yilgan to‘lovlarni to‘lashingiz shart bo‘lishi mumkin; yoki (iv) Xizmatlarni bekor qilsangiz, hisob qaydnomangizga kira olmasligingiz va undan foydalana olmasligingiz mumkin; yoki Tayvanda istiqomat qilsangiz, (v) Siz bekor qilish vaqtida hisoblangan pulli Xizmatlar to‘loviga teng miqdordagi mablag‘ni qaytarib olishingiz mumkin. Agar bekor qilsangiz, Xizmatlaringiz joriy Xizmat muddati nihoyasiga yetganda tugashi mumkin, yoki agar biz Sizga muntazam ravishda hisob qo‘ysak, bekor qilingan davrning so‘ngida tugaydi.

9.11. Kechiktirilgan to‘lovlar. Ilgari qolib ketgan qarzlaringizni to‘plash uchun biz Sizga chiqargan barcha muvofiq to‘lovlarni amalga oshirishingiz shart. Bularning tarkibiga qonun tomonidan ruxsat berilgan maksimal darajadagi sud jarayoni xarakatlari kiradi.

9.12. Sizga to‘lanadigan to‘lovlar. Agar biz Sizga qarz bo‘lsak, to‘lovni amalga oshirishimiz uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z vaqtida va aniq taqdim etishga rozilik berasiz. Ushbu to‘lov oqibatida yuzaga keluvchi barcha soliq va to‘lovlar uchun o‘zingiz javobgar hisoblanasiz. Shuningdek, Siz har qanday to‘lovga bo‘lgan huquqingizga nisbatan qo‘yiladigan shartlarimizni bajarishingiz shart. Agar Sizga xatolik bilan to‘lov amalga oshirilgan bo‘lsa, biz uni qaytarib olishimiz yoki Sizdan qaytarib berishingizni talab qilishimiz mumkin. Ana shu narsalarni amalga oshirishdagi harakatlarimizda bizga ko‘makchi bo‘lishingizga o‘z roziligingizni bildirasiz. Shuningdek, Sizdan oldin to‘langan har qanday ortiqcha to‘lovlar uchun Sizni xabardor qilmasdan, ana shu to‘lovdan chegirib qolishimiz mumkin.

9.13. Internetga kirish Xizmatlari va to‘lovlari. Internetga kirishingiz yoki Wi‑Fi ta’minotchingiz to‘lovlarini to‘lash uchun o‘zingiz javobgar hisoblanasiz. Bunday to‘lovlar bizga to‘lanadigan to‘lovlarga qo‘shimcha ravishda amalga oshiriladi. Agar Siz Internetga simsiz qurilmalar (masalan, uyali telefonlar va planshetlar) orqali ulansangiz, simsiz operatoringiz Sizdan efir vaqtidan va simsiz ma’lumot xizmatidan foydalanishni talab etadigan signallar, veb-ko‘rib chiqishlar, xabarlarni jo‘natish va qabul qilish va boshqa xizmatlar uchun haq olishi mumkin. Yetkazib beruvchingizdan Sizga qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan shunday to‘lovlar mavjud yoki mavjud emasligini tekshiring. Xizmatlarga simsiz yoki boshqa aloqa xizmati orqali kirishingiz uchun olinadigan to‘lovlarga o‘zingiz javobgar hisoblanasiz.

10. KAFOLATLARNI RAD QILISH

MICROSOFT HAMDA BIZNING FILIALLARIMIZ, VOSITACHILARIMIZ, DISTRIBYUTORLARIMIZ VA SAVDOGARLARIMIZ XIZMATLARDAN FOYDALANISHINGIZGA NISBATAN HECH QANDAY KAFOLAT VA SHAROITLAR, OCHIQ BO‘LADIMI YOKI NAZARDA TUTILGANMI, BERMAYDI. XIZMATLARDAN FOYDALANISHINGIZ O‘ZINGIZNING MAS'ULIYATINGIZ EKANLIGINI VA BIZ TAQDIM QILAYOTGAN XIZMATLAR "BORICHA" BARCHA "XATOLARI" VA "QANDAY MAVJUD BO‘LSA, SHUNDAYLIGICHA" TAQDIM QILINGANLIGINI TUSHUNASIZ. MICROSOFT XIZMATLAR ORQALI TAQDIM ETILGAN MA’LUMOTLARNING ANIQLIGIGA YOKI MUDDATSIZLIGIGA KAFOLAT BERMAYDI. MAHALLIY QONUNCHILIGINGIZ RUXSAT BERGAN DOIRADA KO‘ZDA TUTILGAN HAR QANDAY KAFOLATLARNI, JUMLADAN MAHSULOTDORLIGI, QONIQARLI SIFATLILIGI, MUAYYAN MAQSADGA MUVOFIQLILIGI SIFATLILIGI VA QONUNNI BUZMASLILIGINI QABUL QILMAYMIZ. MAHALLIY QONUNINGIZ DOIRASIDA MUAYYAN HUQUQLARGA EGA BO‘LISHINGIZ MUMKIN. AGAR ULAR QO‘LLANILGUDEK BO‘LSA, MAZKUR SHARTNOMADA NAZARDA TUTILGAN HECH QAYSI SHART ULARGA TA’SIR ETOLMAYDI.

KOMPYUTER VA TELEKOMMUNIKATSION TIZIMLAR BEXATO EMASLIGINI VA BA’ZIDA ISHLAMAY QOLISHLIK KABI XATOLAR YUZ BERISHINI TAN OLASIZ. BIZ XIZMATLARNI UZLIKSIZ BO‘LISHIGA, O‘Z VAQTIDA YETKAZIB BERILISHIGA, XAVFSIZLILIGIGA, XATOSIZ EKANLIGIGA YOKI TARKIBINGIZ YO‘QOTILISHI YUZ BERMASLIGIGA KAFOLAT BERMAYMIZ.

Avstraliyalik va Yangi Zelandiyalik iste’molchilarga, Avstraliya Iste’molchilar Qonuni va Yangi Zelandiya Iste’molchilar Kafolatlari Kodeksi bilan tasdiqlangan kafolatlarga egasiz va mazkur Shartnomadagi hech narsa ana shu huquqlarga ta’sir eta olmaydi.

11. Majburiyatning cheklanishi

Agar Microsoft ushbu Shartnoma shartlarini buzsa, yagona tiklash usuli Microsoft yoki uning istalgan filiallari, sotuvchilari, distribyutorlari va ta’minotchilaridan Xizmatlaringizning bir oylik to‘loviga teng bo‘lgan to‘lov olinishiga rozisizlik berasiz (yoki agar Xizmatlar bepul bo‘lsa, $ 10,00 AQSh dollari miqdorida). SIZ BOSHQA HAR QANDAY ZARARLAR YOKI YO‘QOTISHLARNI, JUMLADAN, AMMO BU BILAN CHEKLANMAGAN HOLDA, BILVOSITA FOYDALARNI YO‘QOTISH, MAXSUS, BEVOSITA, TASODIFIY YOKI JARIMA SIFATIDAGI YO‘QOTISHLARINGIZNI QOPLAY OLMAYSIZ. Bunday chekolvlar va istisnolar agar bu qoplash maqsadli qoplashni to’liq o’z ichiga olmagan bo’lsa yoki agar ana shu yo’qotishlar yuzaga kelishini bilgan bo’lsak, yoki bilishimiz shart bo’lgan bo’lsa, qo’llaniladi. Qonun doirasida maksimal ruxsat etilgan darajada, bu cheklovlar va istisnolar tarkibni yo’qotishga; xizmatlaringizdan foydalanishga har qanday virusning ta’siri; uzatishlar yoki tranzaksiyalarning ishga tushirilishida yoki nihoyasiga yetkazilishidagi kechiktirishlar yoki xatolarga; Shartnomaning, kafolatning, majburiyatning yoki shartning buzilishi uchun jarima to’lashni talab qilishga; qat’iy majburiyatga; e’tiborsizlikka; xato talqin qilinishiga yoki tushirib qoldirishga; suiste’molga; ko’rsatma va qoidalarni buzilishiga; yoki nohaq boyishga nisbatan qo’llaniladi. Agar davlatingiz, viloyatingiz yoki mamlakatingiz tasodifiy, ketma-ket yoki boshqa zararlarning istisnolari yoki cheklovlariga ruxsat bermasa, mazkur cheklovlar yoki istisnolarning ba’zilari yoki hammasi Sizga nisbatan qo‘llanilmasligi mumkin.

12. Microsoft ning shartnoma tuziladigan shartlari, sud joylashuvi va qo‘llaniladigan qonuni

  1. Qo‘shma Shtatlar. Agar Siz Qo‘shma Shtatlarda yashasangiz (yoki biznesingiz yoki bosh ofisingiz shu yerda joylashgan bo‘lsa), Siz Microsoft Corporation, One Microsoft Way, Redmond, WA 98052, U.S.A bilan shartnoma tuzasiz. Siz yashayotgan shtatning qonunlari ushbu Shartnoma talqin qilinishi nazorat qiladi, uning buzilishini va boshqa barcha shikoyatlarni (jumladan, iste’molchi himoyasi, g‘irrom raqobat va noqonuniy da’vo), qonun tamoyillariga to‘g‘ri kelmasligidan qat’iy nazar, talab qiladi, FAA barcha arbitrajga tegishli nizomlarni boshqarishi bundan mustasno. Siz va biz ushbu Shartnoma yoki Xizmatlarga tegishli yoki ularning oqibatida yuzaga kelgan barcha tortishuvlar bo’yicha sudda (arbitraj va kichik da’volar sudi emas) tinglanadigan ishlarni King County, Vashington-da joylashgan shtat yoki federal sudiga to’liq yurisdiksiyani va joylashuvini berishga roziligimizni bildiramiz.

  2. Kanada.Agar Siz Kanadada yashasangiz (yoki biznesingiz yoki bosh ofisingiz shu yerda joylashgan bo‘lsa), Siz Microsoft Corporation, One Microsoft Way, Redmond, WA 98052, U.S.A bilan shartnoma tuzasiz. Siz yashayotgan viloyat qonunlari ushbu Shartnoma talqin qilinishini nazorat qiladi, uning buzilishini va boshqa barcha shikoyatlarni (jumladan, iste’molchi himoyasi, g‘irrom raqobat va noqonuniy da’vo), qonun tamoyillariga to‘g‘ri kelmasligidan qat’iy nazar, talab qiladi. Siz va biz ushbu Shartnoma yoki Xizmatlarga tegishli yoki ularning oqibatida yuzaga kelgan barcha tortishuvlar bo’yicha sudda tinglanadigan ishlarni Ontarioda joylashgan sudga to’liq yurisdiksiyani va joylashuvini berishga roziligimizni bildiramiz.

  3. Qo‘shma Shtatlar va Kanadadan tashqaridagi Shimoliy yoki Janubiy Amerika. Agar Siz Qo‘shma Shtatlar va Kanadadan tashqaridagi Shimoliy va Janubiy Amerikada yashasangiz (yoki biznesingiz yoki bosh ofisingiz shu yerda joylashgan bo‘lsa), Siz Microsoft Corporation, One Microsoft Way, Redmond, WA 98052, U.S.A bilan shartnoma tuzasiz. Vashington shtati qonuni, qonun tamoyillariga to‘g‘ri kelmasligidan qat’iy nazar, mazkur Shartnomani talqin qiladi, shu jumladan, uning bizilishi va boshqa shikoyatlar uchun ham qo‘llaniladi. Boshqa barcha da’volar (jumladan, iste’molchilarning huquqini himoya qilish, g‘irrom raqobat va g‘ayriqonuniy ishlar bo‘yicha da’volar) Xizmatlaringizni yo‘naltirayotgan mamlakat qonunlari asosida ko‘riladi.

  4. Yevropa. Agar Siz Yevropada yashasangiz (yoki biznesingiz yoki bosh ofisingiz shu yerda joylashgan bo‘lsa) va Siz Xizmatlarning bepul qismlaridan (Bing va MSN kabi) foydalanayotgan bo‘lsangiz, Siz Microsoft Corporation, One Microsoft Way, Redmond, WA 98052 bilan shartnoma tuzasiz. AQSh, Vashington shtati qonunlari bepul Xizmatlar bilan bog‘liq barcha da’volarni, Xizmatlarimiz yo‘naltirilayotgan davlatdagi kuchga ega qonunga zid bo‘lmagan holda, nazorat qiladi. Agar Siz Xizmatlar qismidan (Bepul reklamali Outlook.com yoki Office Xizmatlari kabi) foydalanish uchun to‘lovni amalga oshirgan bo‘lsangiz, Siz Microsoft Luxembourg S.à.r.l., 23-29, Rives de Clausen, L-2165 Luxembourg bilan shartnoma tuzasiz. Xizmatlaringiz yo‘naltirilayotgan mamlakat qonunlari Xizmatlar bilan bog‘liq barcha da’volarni, jumladan, mijozlarni himoya qilish da’volarini, nazorat qiladi. Agar Xizmatlarga Germaniya ichida kirayotgan bo‘lsangiz, http://g.msn.de/0TO_/dede manzilida joylashgan Shartnoma Sizga qo‘llaniladi.

  5. Yaqin Sharq yoki Afrika. Agar Siz Yaqin Sharq yoki Afrikada yashasangiz (yoki biznesingiz yoki bosh ofisingiz shu yerda joylashgan bo‘lsa) va Siz Xizmatlarning bepul qismlaridan (Bing va MSN) foydalanayotgan bo‘lsangiz, Siz Microsoft Corporation, One Microsoft Way, Redmond, WA 98052 bilan shartnoma tuzasiz. Agar Siz Xizmatlar qismidan foydalanish uchun to‘lovni amalga oshirgan bo‘lsangiz, Siz Microsoft Luxembourg S.à.r.l., 23-29, Rives de Clausen, L-2165 Luxembourg bilan shartnoma tuzasiz. Barcha Xizmatlar uchun Lyuksemburg qonuni, qonun tamoyillariga to‘g‘ri kelmasligidan qat’iy nazar, mazkur Shartnomani talqin qilinishini nazorat qiladi va boshqa shikoyatlar uchun ham qo‘llaniladi. Boshqa barcha da’volar (jumladan, iste’molchilarning huquqini himoya qilish, g‘irrom raqobat va g‘ayriqonuniy ishlar bo‘yicha da’volar) Xizmatlaringizni yo‘naltirayotgan mamlakat qonunlari asosida ko‘riladi. Siz va biz ushbu Shartnoma yoki Xizmatlarga tegishli yoki ularning oqibatida yuzaga kelgan barcha tortishuvlar bo’yicha sudda tinglanadigan ishlarni Lyuksemburgda joylashgan sudga to’liq yurisdiksiyani va joylashuvini berishga roziligimizni bildiramiz.

  6. Osiyo yoki Janubiy tinch okeani mintaqasi, agar mamlakatingiz quyida alohida berilmagan bo‘lsa. Agar Siz Osiyo yoki Janubiy tinch okeani mintaqasida yashasangiz (yoki biznesingiz yoki bosh ofisingiz shu yerda joylashgan bo‘lsa) va Siz Xizmatlarning bepul qismlaridan (Bing and MSN) foydalanayotgan bo‘lsangiz, Siz Microsoft Corporation, One Microsoft Way, Redmond, WA 98052 bilan shartnoma tuzasiz. Agar Siz Xizmatlarning qismidan foydalanish uchun to‘lovni amalga oshirgan bo‘lsangiz, Siz Microsoft Regional Sales Corp. bilan shartnoma tuzasiz, bu korporatsiya AQSh Nevada shtati qonunlari asosida tashkil qilingan, Singapurda o‘z filialiga ega, uning yuridik manzili 438B Alexandra Road, #04-09/12, Block B, Alexandra Technopark, Singapore, 119968. Barcha Xizmatlar uchun Vashington shtati qonuni, qonun tamoyillariga to‘g‘ri kelmasligidan qat’iy nazar, ushbu Shartnomani nazorat qiladi. Mazkur Shartnoma yoki Xizmatlar bilan bog‘liq yoki bog‘liq bo‘lmagan holda yuzaga kelgan har qanday kelishmovchilik, jumladan, uning mavjudligi, to‘g‘riligi yoki bekor qilinganligi bo‘yicha savollar Singapur xalqaro arbitraj markazining (SIAC) Arbitraj qonunlari asosida ko‘rib chiqiladi va oxirgi qarorni chiqarish uchun Singapurdagi arbitrajga taqdim qilinadi va uning qoidalari ushbu paragrafda o‘z aksini topgan hisoblanadi. Tribunal SIAC raisi tomonidan tayinlangan bitta sudyadan tashkil topadi. Sud jarayoni Ingliz tilida olib boriladi. Sudyaning qarori qat’iy, majburiy va e’tirozga o‘rin qoldirmaydigan bo‘lib, har qanday mamlakat yoki mintaqadagi sudda asos bo‘lib xizmat qiladi.

  7. Yaponiya. Agar Siz Yaponiyada yashasangiz (yoki biznesingiz yoki bosh ofisingiz shu yerda joylashgan bo‘lsa) va Siz Xizmatlarning bepul qismlaridan (Bing va MSN) foydalanayotgan bo‘lsangiz, Siz Microsoft Corporation, One Microsoft Way, Redmond, WA 98052 bilan shartnoma tuzasiz. Agar Siz Xizmatlarning qismidan foydalanish uchun to‘lovni amalga oshirgan bo‘lsangiz, Siz Microsoft Japan Co., Ltd (MSKK), Shinagawa Grand Central Tower, 2-16-3 Konan Minato-ku, Tokyo 108-0075 bilan shartnoma tuzasiz. Barcha Xizmatlar uchun Yaponiya qonunlari ushbu Shartnomani va unga bog‘liq yoki bog‘liq bo‘lmagan shikoyatlarni nazorat qiladi. Siz va biz ushbu Shartnoma yoki Xizmatlarga tegishli yoki ularning oqibatida yuzaga kelgan barcha tortishuvlar bo’yicha sudda tinglanadigan ishlarni Tokio tuman sudiga to’liq yurisdiksiyani va joylashuvini berishga roziligimizni bildiramiz.

  8. Xitoy. Agar Siz Xitoyda yashasangiz (yoki biznesingiz yoki bosh ofisingiz shu yerda joylashgan bo‘lsa), Siz MSN, Bing yoki Windows Live Messenger dan foydalanish uchun Shanhay MSN Network Communications Technology Company Limited, Suite B, 8th Floor, Building Ding, No. 555, Dongchuan Road, Minxing District, Shanghai, Shanhay, XXR bilan shartnoma tuzasiz; XXR qonuni ushbu Shartnomani nazorat qiladi, chunki u Shanhay MSN Network Communications Technology Company Limited tomonidan boshqariladigan ushbu Shartnoma asosidagi Xizmatlardan foydalanishingizga bog‘liq. Ushbu Shartnoma asosida MSN, Bing yoki Windows Live Messenger dan foydalanishingiz, ushbu Shartnoma va Xizmatlar bilan sababli yoki sababsiz yuzaga kelgan bahslar, jumladan, ushbu Shartnoma mavjudligi, to‘g‘riligi yoki tugatilishi haqidagi savollar, Xitoy Xalqaro Iqtisodiy va Savdo Ishlari Komissiyasiga ("CIETAC") qaror qabul qilish uchun jo‘natiladi, ushbu sud surishtiruvlari CIETAC-ning sudga ariza berilgan sanasida amal qiluvchi qoidalari asosida ko‘rib chiqiladi. Sud qarori qat’iy va har ikkala tomon uchun yakuniy hisoblanadi. Boshqa barcha Xizmatlardan ushbu Shartnoma asosida foydalanishingiz uchun Siz Microsoft Corporation, One Microsoft Way, Redmond, WA 98052, U.S.A bilan shartnoma tuzasiz. O‘sha Xizmatlar kabi, Vashington shtati qonuni, qonun tamoyillariga to‘g‘ri kelmasligidan qat’iy nazar, ushbu Shartnomani nazorat qiladi. King County, Vashington, AQSh-dagi shtat va federal sudlari yurisdiksiyasi istisno emas. Ushbu 12(h)-bo‘lim hech bir tomonning quyidagilarga mos keluvchi sud qarorlarini qidirishlarini olmaydi: (i) tomonning intellektual mulk huquqlarining buzilishi, (ii) ushbu Shartnoma asosida o‘sha tomonga taqdim etilgan maxfiylik huquqlarining buzilishi, yoki (iii) har qanday qaror yoki tartibning tegishli yurisdiksiyada qabul qilinishi yoki bajarilishi.

  9. Koreya Respublikasi. Agar Siz Koreya Respublikasida yashasangiz (yoki biznesingiz yoki bosh ofisingiz shu yerda joylashgan bo‘lsa) va Siz Xizmatlarning bepul qismlaridan (Bing va MSN kabi) foydalanayotgan bo‘lsangiz, Siz Microsoft Corporation, One Microsoft Way, Redmond, WA 98052 bilan shartnoma tuzasiz. Agar Siz Xizmatlarning qismidan foydalanish uchun to‘lovni amalga oshirgan bo‘lsangiz, Siz Microsoft Korea, Inc., 11th Floor, Tower A, K-Twin Tower, Jongro 1 gil 50, Jongro-gu, Seul, Koreya Rspublikasi, 110-150 bilan shartnoma tuzasiz. Barcha Xizmatlar uchun Koreya Respublikasi qonunlari ushbu Shartnomani nazorat qiladi. Siz va biz mazkur shartnoma ijrosi bilan bog‘liq yoki undan tashqarida yuzaga keladigan barcha tortishuvlarni hal qilish bo‘yicha asl yurisdiksiyani faqat Seul Markaziy Okrugi sudiga berishga qat’iy rozilik bergan hisoblanamiz.

  10. Tayvan. Agar Siz Tayvanda yashasangiz (yoki biznesingiz yoki bosh ofisingiz shu yerda joylashgan bo‘lsa) va Siz Xizmatlarning bepul qismlaridan (Bing va MSN kabi) foydalanayotgan bo‘lsangiz, Siz Microsoft Corporation, One Microsoft Way, Redmond, WA 98052 bilan shartnoma tuzasiz. Agar Siz Xizmatlarning qismidan foydalanish uchun to‘lovni amalga oshirgan bo‘lsangiz, Siz Microsoft Taiwan Corp., 8F, No 7 Sungren Road, Shinyi Chiu, Taypey, Tayvan 110 bilan shartnoma tuzasiz. Barcha Xizmatlar uchun Tayvan qonunlari ushbu Shartnomani nazorat qiladi. Microsoft Taiwan Corp. haqida batafsil ma’lumot olish uchun R.O.C. Iqtisodiy Masalalar Vazirligi tomonidan taqdim etilgan veb-saytni ko‘rib chiqing (http://gcis.nat.gov.tw/main/index.jsp). Siz va biz mazkur shartnoma ijrosi bilan bog‘liq bo‘lgan yoki undan tashqarida yuzaga keladigan har qanday tortishuvlarni qat’iy ravishda Taypey okrug sudi yurisdiksiyasiga topshiramiz.

13. Uchinchi tomon veb-saytlari

Xizmatlar orqali Siz uchinchi tomon veb-saytlariga kira olishingiz mumkin. Microsoft ana shu uchinchi tomon xizmatlarida mavjud bo‘lgan uchinchi tomon veb-saytlari, xizmatlari yoki tarkiblari uchun javobgar emas. Uchinchi tomonlar bilan (jumladan, rekalamachilar) o‘zaro ishlaringizga o‘zingiz to‘liq javobgar hisoblanasiz. Uchinchi tomonlarning veb-saytlari yoki xizmatlaridan ana shu uchinchi tomon muddat va shartlari asosida foydalanasiz.

Raqamli Huquqlar Menejmenti

Raqamli huquqlarni boshqarish (DRM) tomonidan himoyalangan materialga kirsangiz, dasturiy ta’minot Sizdan onlayn huquqlar serveridagi mediadan foydalanish huquqini talab qilishi mumkin va ana shu tarkibni ishlata olishingiz uchun DRM yangilanishlarini yuklab olishni va o‘rnatishingizni so‘rashi mumkin.

15. Microsoft .NET Framework dasturiy ta’minoti

Dasturiy ta’minot Microsoft .NET Framework dasturiy ta’minotini o‘z ichiga oladi. Ushbu dasturiy ta’minot Windows ning bir qismi hisoblanadi. Windows ning litsenziya shartlari .NET Framework dasturiy ta’minotidan foydalanishingizga qo‘llaniladi.

16. Shartning saqlanib qolishi

Ushbu bo‘lim va 5, 9 (mazkur Shartnomaning tugatilishidan oldin undiriladigan qiymatlar qismi), 10, 11, 12, 19, 20-bo‘limlar hamda tugatilgandan so‘ng ham qo‘llaniladigan shartlar mazkur Shartnoma tugatilgandan yoki bekor qilingandan so‘ng ham o‘z kuchini saqlab qoladi.

17. Shartlarni tayinlash va huquqlarni boshqalarga berish

Biz mazkur shartnomani to‘laligicha yoki bir qismini istalgan paytda Sizni xabardor qilmasdan shartlarini tayinlashimiz mumkin. Siz mazkur shartnomani boshqasiga tainlashingiz yoki xizmatlardan foydalanishda huquqlarni berishingiz mumkin emas.

18. Xabarnomalar

Microsoft ga xizmatlar haqidagi ma’lumotni yoki qonun tomonidan talab qilinadigan ma’lumotlarni, xizmatlardan foydalanishga ro‘yxatdan o‘tayotgan paytingizda kiritgan elektron pochtangiz manziliga jo‘natishga roziligingizni bergan hisoblanasiz. Sizga e-pochta orqali yuborilgan xabarnomalar Sizga yuborilishi bilanoq Sizga yuborilgan va qabul qilingan hisoblanadi. Agar Siz xabarnomalarni qabul qilishga rozilik bermasangiz, Siz xizmatlardan foydalanishni to‘xtatishingiz shart. Xizmatlar uchun mijozlarni qo‘llab-quvvatlashda berilgandek, Microsoft ga xabar berishingiz mumkin.

19. Da’volar bir yil ichida berilishi kerak

Mazkur Shartnoma yoki Xizmatlar bilan bog‘liq har qanday da’vo uni birinchi bermoqchi bo‘lgan kuningizdan boshlab bir yil muddat ichida berishingiz kerak, mahalliy qonunlaringiz da’volarga uzoqroq muddat talab qilsan bundan mustasno. Agar mana shu muddat ichida da’vo qilinmasa, da’vo umuman rad qilinadi.

20. Shartnomani talqin qilish

Bu Xizmatlardan foydalanishingiz bo‘yicha Siz va Microsoft o‘rtasida tuzilgan to‘liq Kelishuv. Bu Xizmatlardan foydalanishingiz bilan bog‘liq Siz va Microsoft o‘rtasida imzolangan avvalgi kelishuvlarni almashtiradi. Mazkur Shartnomaning barcha qismlari tegishli qonunda ruxsat etilgunga qadar qo‘llaniladi. Agar sud Shartnomaning muayyan qismini yozilgandek qo‘llay olmaymiz deb topsa, biz ana shu qismni joriy qonunga muvofiq qo‘llaniladigan qilib o‘zgartirishimiz mumkin, lekin Shartnomaning qolgan qismi o‘zgarmaydi. Ushbu Shartnoma bo‘limlarining sarlavhalari ma’lumot uchun bo‘lib hech qanday qonuniy kuchga ega emas.

21. Uchinchi tomonlar foydasi bo‘lmaslik

Mazkur Shartnoma faqat Sizning va bizning foydamiz uchun mo‘ljallangan. U boshqa hech qaysi shaxsning foydasi uchun emas, Microsoft filiallari va tayinlashlari bundan mustasno .

22. Shrift tarkibiy qismlari

Faqat Xizmatlardan foydalanayotganingizda, shriftlardan tarkibni aks ettirish va chop etish uchun foydalanishingiz mumkin. Shriftlarga qo‘yilgan har qanday cheklovlarni aylanib o‘tolmaysiz.

23. Madad

Windows Xizmatlari uchun mijozlarni qo‘llab-quvvatlashdan Microsoft uyushmasi (http://answers.microsoft.com) va Windows veb-sayti orqali foydalanish mumkin(http://windows.microsoft.com). MSN Internet Access uchun mijozlarni qo‘llab-quvvatlashdan MSN Madadi da foydalanish mumkin (https://support.msn.com). Bing va Bing mijozlari uchun mijozlarni qo‘llab-quvvatlashdan Bing Madadi da foydalanish mumkin (https://support.discoverbing.com). Office 365 Home Premium va Office 365 University uchun cheklangan mijozlarni qo‘llab-quvvatlashdan Office Madadi da (http://office.com/support) (help/how to) va Microsoft Support da (http://support.microsoft.com/ph/13615) (technical support) foydalanish mumkin.

24. Eksport cheklovlari

Microsoft ning bepul dasturiy ta’minotlari va xizmatlari Qo‘shma Shtatlar hamda boshqa yurisdiksiyalarning eksport va texnologiyalar qonunlariga bo‘ysunadi va siz dasturiy ta’minot va/yoki xizmatlarga qo‘llaniladigan barcha tegishli qonun va qoidalarga amal qilishga roziligingizni izhor qilgan bo‘lasiz. Mazkur bepul dasturiy ta’minot va xizmatlarni har qaysi embargo qo‘yilgan mamlakatga yoki muayyan ta’qiqlangan tomonga uzatishda Qo‘shma Shtatlar hukumatining ruxsati talab etiladi. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Q.Sh. Moliya Vazilrligi veb-saytiga qaran (http://www.treasury.gov/resource-center/sanctions/Programs/Pages/Programs.aspx). Shuningdek, pullik xizmatlar ham Qo‘shma Shtatlar eksport qonunlari va qoidalariga bo‘ysunadi, ularga ham rioya qilishingiz shart bo‘ladi. Bu qonunlar yo‘nalishlarga bo‘lgan cheklovlarni, so‘nggi foydalanuvchilarni va so‘nggi foydalanishni o‘z ichiga oladi. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Microsoft mahsulotlarini eksport qilish veb-saytini ko‘ring (http://www.microsoft.com/exporting).

XABARNOMALAR

Intellektual mulk huquqi buzilganligi haqida da’vo qilish xabarnomalari va amalga oshirish tartibi. Microsoft uchinchi tomonlarning intellektual mulk huquqlarini hurmat qiladi. Agar Siz mualliflik huquqi buzilishi haqidagi da’volar kabi intellektual mulk huquqi buzilishi haqidagi xabarnomani yubormoqchi bo‘lsangiz, bizning Qonunbuzarlik haqidagi xabarnoma ni jo‘natish tartibimizdan foydalaning (https://www.microsoft.com/info/cpyrtInfrg.aspx). USHBU JARAYONGA TEGISHLI BO‘LMAGAN BARCHA SO‘ROVLARGA JAVOB BERILMAYDI.

Microsoft mualliflik huquqi buzilishlari haqidagi xabarlarga javob berishda Qo‘shma Shtatlar Kodeksining 512(c)(2) bo‘limining 17-paragrafiga asoslangan jarayondan foydalanadi. Qulay vaziyatlarda Microsoft qoidani takroran buzgan Microsoft Xizmatlari foydalanuvchilarining hisob qaydnomalarini o‘chirishi yoki tugatishi mumkin.

Intellektual mulkka tegishli xabarnomalar va amalga oshirish tartiblari reklamaga tegishli bo‘ladi. Bizning reklama tarmog‘imizdagi intellektual boylikka tegishli Intellektual Boylik Yo‘riqnomamiz ni (http://go.microsoft.com/fwlink/?LinkId=243207) ko‘rib chiqing.

Mualliflik huquqi va savdo belgisi haqidagi xabarnomalar. Xizmatlar barcha qismlarining mualliflik huquqi himoyalangan © 2013 Microsoft Corporation va/yoki uning ta’minotchilari, One Microsoft Way, Redmond, WA 98052, U.S.A. Barcha huquqlar himoyalangan. Biz yoki bizning ta’minotchilarimiz Xizmatlardagi yoki ularning tarkibidagi nomlar, mualliflik huquqi va boshqa intellektual mulk huquqlarining egasi hisoblanamiz. Microsoft va Microsoft mahsulotlari, dasturlari va xizmatlarining nomlari, logotiplari va ikonachalari Microsoft ning Qo‘shma Shtatlar va/yoki boshqa mamlakatlarda ro‘yxatga olingan savdo belgisi bo‘lishi mumkin (http://www.microsoft.com/about/legal/en/us/IntellectualProperty/Trademarks/EN-US.aspx). Haqiqiy kompaniya va mahsulotlar nomlari ularning tegishli egalari savdo belgilari bo‘lishi mumkin. Ushbu Shartnomada taqdim etilmagan mualliflik huquqlari himoyalangan. Microsoft ning muayyan veb-sayt serverlarida foydalaniladigan ma’lum bir dasturiy ta’minot qisman Independent JPEG Group ishiga asoslangan. Mualliflik huquqi © 1991-1996 Thomas G. Lane. Barcha huquqlar himoyalangan. Microsoft veb-sayti serverlarida ishlatilgan "gnuplot" dasturiy ta’minoti mualliflik huquqi © 1986-1993 Thomas Williams, Colin Kelley. Barcha huquqlar himoyalangan.

Birja kotirovkalari va indeks ma’lumotlari (jumladan, indeks qiymatlari). © 2013 Morningstar, Inc. Barcha huquqlar himoyalangan. Ma’lumot bu yerda berilgan: (1) Morningstar va/yoki uning tarkib ta’minotchisiga tegishli; (2) dan nusxa ko‘chirib yoki uni tarqatib bo‘lmaydi; va (3) aniq, to‘liq yoki o‘z vaqtida bo‘lishi kafolatlanmagan. Morningstar yoki uning tarkib ta’minotchilari ushbu ma’lumotlardan foydalanish oqibatida yuzaga kelgan zararlar yoki yo‘qotishlar uchun javobgar hisoblanadi. Avvalgi tajriba kelajakdagi natijalar uchun kafolat bo‘la olmaydi.

Siz Dow Jones IndekslarSM, indeks ma’lumotlari, yoki Dow Jones baholashlaridan Dow Jones ning yozma ruxsatisiz har qanday moliyaviy yoki investitsion mahsulotni (masalan, derivativlarni, tuzilmali mahsulotlar, investitsion fondlar, savdo-ayirboshlash mahsulotlari, investitsiya narxi, foydasi va/yoki bajarish instrumenti har qanday indekslar yoki proksilarni kuzatishga asoslangan tegishli yoki kuzatish maqsadi mavjud investitsiya portfoliolari) chiqarishda, yaratishda, savdo qilishda, marketing qilishda yoki qiymatini oshirishda foydalana olmaysiz.

Moliya xabarnoma. Microsoft korporatsiyasi Qo‘shma Shtatlarning federal qimmatli qog‘ozlar qonuni yoki boshqa yurisdiksiyalarning qimmatli qog‘ozlar haqidagi qonuniga ko‘ra broker/diller yoki ro‘yxatdan o‘tgan investitsiya maslahatchisi hisoblanmaydi va boshqa shaxslarga qimmatli qog‘ozlarga yoki boshqa moliyaviy mahsulot va xizmatlarga sarmoya tikish, ularni xarid qilish yoki sotish bo‘yicha maslahatlar bermaydi. Xizmatlardagi hech qanday ma’lumot xavfsizlikni sotib olish yoki sotishga taklif yoki iltimosnoma sifatida tushunilmasligi kerak. Microsoft yoki uning birja kotirovkalari yoki indeks ma’lumotlari bo‘yicha litsenziya egalari har qanday moliyaviy mahsulot yoki xizmatlarni taklif yoki tavsiya qilmaydi. Xizmatlardagi hech qanday ma’lumot professional maslahat deb tushunilmasligi kerak, jumladan, lekin u bilan cheklanib qolmay, investitsiya yoki soliq bo‘yicha maslahatlar.

H.264/AVC, MPEG-4 Visual va VC-1 Video Standartlari haqida eslatma. Dasturiy ta’minot H.264/AVC, MPEG-4 Visual va/yoki VC-1 kodlash teznologiyasini o‘z ichiga oladi va MPEG LA, L.L.C tomonidan litsenziyalanishi mumkin. Ushbu texnologiya video ma’lumotlarini zichlash formati uchun mo‘ljallangan. MPEG LA, L.L.C. ushbu xabarni talab qiladi:

USHBU MAHSULOT H.264/AVC, MPEG-4 VISUAL VA VC-1 PATENTLI PORTFOLIO LITSENZIYALARI ASOSIDA LITSENZIYALANGAN BO‘LIB, ISTE’MOLCHILARNING SHAXSIY VA NOTIJORAT MAQSADLARIDA (A) STANDARTLARGA MOVOFIQ VIDEO ("VIDEO STANDARTLARI") KODINI O‘QISH VA/YOKI (B) ISTE’MOLCHI TOMONIDAN SHAXISY VA NOTIJORAT FAOLIYATIDA KODLAB QO‘YILGAN YOKI SHUNDAY VIDEONI TAQDIM QILISHGA LITSENZIYA OLGAN VIDEO PROVAYDERI TOMONIDAN KODLAB QO‘YILGAN H.264/AVC, MPEG-4 VISUAL VA VC-1 VIDEOLARNING KODLARINI O‘QISH UCHUN FOYDALANILADI. USHBU LITSENZIYALARNING HECH BIRI BOSHQA MAHSULOTGA, U MAZKUR DASTURIY TA’MINOTGA ALOHIDA KIRITILISHIDAN QAT’IY NAZAR TEGISHLI EMAS. BOSHQA HAR QANDAY FOYDALANISH UCHUN LITSENZIYA BERILMAYDI YOKI BERILISHNI NAZARDA TUTMAYDI. QO‘SHIMCHA MA’LUMOTLARNI MPEG LA, L.L.C. KOMPANIYASIDAN OLISH MUMKIN MPEG LA VEB-SAYTI (http://www.mpegla.com).

Faqatgina oydinlashtirish maqsadida, mazkur xabarnoma ushbu Shartnoma asosida taqdim etilgan dasturiy ta’minotdan, o‘z ichiga (i) dasturiy ta’minotni uchinchi tomonlarga tarqatishni, yoki (ii) uchinchi tomonlarga tarqatish uchun VIDEO STANDARTLARGA muvofiq texnologiyalar bilan tarkib yaratishni o‘ziga maqsad qilmagan normal ishda foydalanishni cheklamaydi va to‘sqinlik qilmaydi.

Arxivlangan Microsoft xizmatlaridan foydalanish shartnomasi

27-avgust 2012 yil yangilangan
19-oktabr 2012 yilda kuchga kirgan

Microsoft kompaniyasini tanlaganingiz uchun rahmat!

Mazkur shartnoma siz va Microsoft korporatsiyasi (yoki yashash joyingizdagi uning filiallaridan biri) bilan tuzilib 1.1. bo'limda keltirilgan dasturiy ta'minot va xizmatlaridan foydalanish bo'yicha huquqlaringizni tavsiflab beradi. Sizga qulaylik yaratish maqsadida, ushbu shartnomaning atamalarini savol va javob tarzida oydinlashtirib berdik. Shartnomani to'laligicha ko'rib chiqishingiz zarur chunki barcha atamalar muhim bo'lib birgalikda huquqiy kelishuvni tashkil qiladi, va siz uni qabul qilsangiz, uni bajarishingiz kerak bo'ladi.

1. Shartnoma bo'yicha majburiyatlar hajmi, qabul qilish va o'zgartirishlar

1.1. Mazkur shartnoma doirasida qanday xizmatlar ko'rsatiladi? Mazkur shartnoma Microsoft Hotmail, Microsoft SkyDrive, Microsoft hisob qaydnomasi, Windows Live Messenger, Windows Photo Gallery, Windows Movie Maker, Microsoft Mail Desktop, Windows Live Writer (kelgusida hammasi "Microsoft brend xizmatlari"), Bing, MSN, Office.com va boshqa har qanday dasturiy ta'minoti, veb-sayti yoki ushbu shartnomaga taalluqli xizmatlariga (hammasi "xizmatlar" deb nomlanadi). Xizmatlar uchinchi shaxslar tomonidan taqdim qilingan dasturiy ta'minot yoki xizmatlarga taalluqli bo'lmaydi.

1.2. Ushbu xizmatlardan foydalanayotganda qaysi atamalarga rioya qilishim kerak? Bizning maqsadimiz ishonchliroq va xavfsizroq muhit yaratishdir, shu bois xizmatlardan foydalanayotganda ushbu atamalarga, Microsoft Anti-Spam siyosatiga (http://go.microsoft.com/fwlink/?LinkId=117951) va Microsoft o'zini tutish qoidalariga (http://go.microsoft.com/fwlink/?LinkId=266426), rioya qilishlari kerak, bular ushbu dastak ("shartnoma") orqali mazkur shartnomaga kiritilgan.

1.3. Bu shartnomani qanday qabul qilaman? Xizmatlardan foydalanish va ularga kirish bilan, yoki foydalanuvchi interfeysi so'ragan joyda shartlarga roziligingizni bildirib belgilash orqali siz mazkur shartomaga, uni o'zingiz o'zgartirishingiz huquqisiz, rioya qilishga roziligingizni bildirasiz. Agar rozi bo'lmasangiz bu xizmatlardan foydalana olmaysiz.

1.4. Men shartlarni qabul qilganimdan so'ng Microsoft ularni o'zgartirishi mumkinmi? Ha. Vaqti-vaqti bilan Microsoft shartlarni o'zgartirishi yoki ularga o'zgartirish kiritishi mumkin. Agar biz shunday qilsak sizni bu haqda xabardor qilamiz, xabarni foydalanuvchi interfeys orqali, elektron pochta xabarida yoki boshqa tegishli vositalar orqali beramiz. Xizmatlardan o'zgartirish kiritilgan sanasidan so'ng foydalanishingiz ushbu o'zgartirishlarga rozi ekanligingizni bildiradi. Agar siz shartlarga rozi bo'lmasangiz, xizmatlardan foydalanishni to'xtatishingiz zarur va 9.10. bo'limida keltirilgan ko'rsatmalarga muvofiq har qanday to'lov olinadigan xizmatni bekor qilishingiz kerak bo'ladi. Aks holda sizga yangi shartlar qo'llaniladi.

1.5. Xizmatlarga qanday o'zgartirish kiritishlarini kutishim mumkin? Biz doimo xizmatlarni yaxshilash ustida ish olib boramiz va xizmatlarni istalgan paytda o'zgartirishimiz mumkin. Bunga qo'shimcha ravishda Microsoft nima uchun xizmatlarning bir qismini o'zgartirishligiga sabab jumladan (ammo bu bilan cheklanmagan holda) shu xizmatni ko'rsatishdan naf yo'qligi, texnologiyaning takomillashi, mijozlarning shu xizmatni o'zgartirish kerak degan hisobotlari, yoki shu xizmatni davom ettirish noma'qulligi yoki samarasizligi bilan kelib chiqqan tashqi muammolar kabilar bo'lishi mumkin. Biz xizmatlar yoki ularning xususiyatlarini beta versiyasida chiqarishimiz mumkin, ular tegishli ravishda yoki so'nggi versiyasi kabi ishlamasligi mumkin.

2. Microsoft hisob qaydnomasi

2.1. Microsoft hisob qaydnomasi nima? Microsoft brendi ostidagi xizmatlar kabi xizmatlarning bir qismlariga kira olishingiz uchun Microsoft hisob qaydnomasiga ega bo'lishingiz kerak bo'ladi. Ilgari Windows Live identifikatori deb nomlangan Microsoft hisob qaydnomasi bu hisobga olish ma'lumotlari bo'lib, ular bilan tarmog'imizga kirish uchun foydalanasiz. Microsoft hisob qaydnomasini yaratish uchun siz foydalanuvchi ism va parol, muayyan demografik ma'lumot va muqobil elektron pochta manzili yoki telefon raqami kabi "hisob qaydnomasi isboti" kabilarni kiritishingiz kerak bo'ladi. Mavjud Microsoft hisob qaydnomasi egalari o'zlarining Microsoft hisob qaydnomasidan foydalanishda davom etishi uchun "hisob qaydnomasi isbotlarini" taqdim qilishlari kerak bo'ladi. Hisob qaydnomangiz ma'lumotlaringizni va parolingizni sir saqlashda hamda Microsoft hisob qaydnomangizda amalga oshirilayotgan barcha ishlaringizda mas'uldirsiz. Siz Microsoft hisob qaydnomangizdan boshqa Microsoft mahsulotlar, veb-saytlar yoki xizmatlarga (Windows, Xbox LIVE, va Windows Phone kabilar) kirishda foydalanishingiz mumkin; ammo ana shu mahsulotlar, veb-saytlar yoki xizmatlarning talab va shartlari, agar mazkur shartnomadan farqli bo'lsa, ulardan foydalanishingizda sizga nisbatan qo'llsnilishi mumkin. Microsoft brendi ostidagi xizmatlari vaqti-vaqti bilan eng kami 270 kun oralig'ida Microsoft brendi ostidagi xizmatlarni faol holatda ushlab turish uchun, agar to'lanadigan xizmatlar qismiga boshqa shart ko'rastilmagan bo'lsa, Microsoft hisob qaydnomasiga kirib turishni talab etadi. Agar ushbu davr ichida tizimga kirmasangiz Microsoft brendi ostidagi xizmatlarga kirishingizni bekor qilishimiz mumkin. Agar Microsoft brendi ostidagi xizmatlar tizimga kirmaganlik tufayli bekor qilinsa, sizning ma'lumotlaringiz serverimizdan umuman yo'q qilinadi.

2.2. Agar Microsoft hisob qaydnomamga kira olmasam nima bo'ladi? Agar parolingizni unutgan bo'lsangiz yoki boshqa sababdan Microsoft hisob qaydnomangizga kira olmasangiz, Microsoft hisob qaydnomangizni Parolingizni tiklang veb-sahifasiga (http://go.microsoft.com/fwlink/?LinkId=238656) kirib tiklashingiz mumkin. Microsoft korporatsiyasi Microsoft hisob qaydnomangizni tiklashga yoki tarkibingiz (keyinroq izohlab beriladi) xavfsizligiga kafolat bermaydi.

2.3. Microsoft hisob qaydnomamni Microsoft-dan emas boshqasidan olsam nima bo'ladi? Ba'zi hollarda Microsoft hisob qaydnomangizni maktab, firma, Internet xizmat provayderi yoki boshqariladigan domenning ma'muri kabi uchinchi tomonlardan olishingizga ruxsat beramiz (http://www.domains.live.com). Bunday hollarda uchinchi tomon Microsoft hisob qaydnomangizda parolingizni tashlash, hisob qaydnomangizda foydalanishingizni yoki profayl ma'lumotingizni ko'rish, hisob qaydnomangizda saqlangan tarkibni o'qish yoki saqlash, yoki Microsoft hisob qaydnomangizni to'xtatib turish yoki bekor qilish kabi qo'shimcha huquqlarga ega bo'lishi mumkin. Bunday hollarda siz mazkur shartnoma hamda uchinchi tomondan ana shu tomonning sizga qo'yiladigan qo'shimcha shartlariga amal qilishingiz kerak bo'ladi. Agar siz boshqariladigan domenning ma'muri bo'lsangiz, boshqariladigan domendagi hisob qaydnomasida bo'ladigan barcha faoliyat uchun javobgar bo'lasiz.

3. Tarkib

3.1. Xizmatlarga qo'yiladigan tarkiblarimga kim egalik qiladi? Tarkibga xizmatlar orqali ma'lumotlar, hujjatlar, fotosuratlar, videolar, musiqalar, elektron pochta xabarlari va lahzali xabarlar ("tarkib") kabi yuklab qo'yiladigan, saqlanadigan yoki uzatiladigan barcha narsalar kiradi. O'zingizning tarkibingiz (kliplar to'plami kabilar) sifatida kiritgan va biz tomondan ruxsat berilgan materialdan tashqari siz xizmatlarga taqdim qilayotgan tarkibga egaligini da'vo qilmaymiz. Tarkibingiz faqat sizning tarkibingiz bo'lib qoladi va uning uchun siz mas'ul bo'lasiz. Xizmatlarda siz va boshqalar tarkiblarga ruxsat berib qo'yishingiz uchun har qanday majburiyatni boshqarmaymiz, tasdiqlamaymiz, to'lamaymiz, ma'qullamaymiz yoki boshqa yo'l bilan zimmamizga olmaymiz.

3.2. Tarkibimga kim kira oladi? Tarkibingizga kim kira olishiga siz asosiy nazoratchi hisoblanasiz. Agarda siz xizmatlarning ommaviy joylarida yoki siz tanlagan joylarda tarkibingiz bilan almashinish mavjud bo'lsa, siz almashinayotgan tarkiblaringiz boshqalar tomonidan o'z xizmatlari va Microsoft-ning boshqa xizmatlari yoki uning ruxsatonma egalarining mahsulot va xizmatlari bilan bog'liq ravishda bepul foydalanishi, qo'llashi, saqlashi, qayta ishlashi, boshqalarga oshkor qilishi va ko'chirishiga o'z roziligingizni bergan bo'lasiz. Agarda boshqalarni ana shu imkoniyatlarga ega bo'lishini xohlamasangiz, tarkibingizni almashish uchun xizmatlardan foydalanmang. Agar siz boshqalarning mualliflik huquqlari, savdo belgisini va boshqa mulkiy yoki maxfiylik huquqlarini poymol qiladigan ravishda xizmatlardan foydalanib tarkibni qo'llasangiz yoki almashsangiz ushbu shartnomaning shartlarini buzgan bo'lasiz. Ushbu shartnoma amal qilish davomida siz xizmatlarda yuklayotgan yoki almashayotgan tarkiblarga barcha kerakli huquqlaringiz borligini (va bo'lishligiga) tasdiqlaysiz va ushbu paragrafdagi aytilayotgan tarkibdan foydalanish har qanday huquqni buzmasligiga kafolat berasiz.

3.3. Microsoft mening tarkibimni nima qiladi? Tarkibingizni xizmatlarga yuklab qo'yganingizda, siz uning foydalanilishiga, o'zgartirilishiga, moslashtirilishiga, saqlanishiga, qayta ishlanishiga, tarqatilishiga va aks ettirilishiga, hamda Microsoft mahsulot va xizmatlarini taqdim qilinishiga, himoya qilinishiga va yaxshilanishiga o'z ruxsatingizni bergan bo'lasiz. Masalan, ba'zida spam va zararli tarkiblarni aniqlash va ulardan himoya qilish uchun yoki xizmatlarni yangi xususiyatlar bilan yaxshilash uchun, ma'lumotlaringizni elektron pochta, chatlar yoki rasmlardan ajratib qo'yadigan elektron vositalardan foydalanib turamiz. Tarkibingizni qayta ishlash paytida Microsoft maxfiyligingizni himoya qilish uchun kerakli barcha harakatlarni amalga oshiradi.

3.4. Microsoft ovoz ko'magi bilan ishlaydigan xizmatlarga ham egami? Ha. Agar siz ovoz ko'magi bilan ishlaydigan xizmatlardan foydalansangiz, kiritgan ovozingizni Microsoft yozib olishiga ba to'plashiga roziligingizni bergan bo'lasiz. Kiritilgan ovoz sizga ovoz ko'magi bilan ishlaydigan xizmatlarni taqdim qilish va Microsoft mahsulot va xizmatlarini yaxshilash uchun ishlatiladi. Microsoft kiritilgan ovozingizni boshqa hech qanday maqsadda foydalanmaydi.

3.5. Qaysi turdagi tarkib ruxsat etilmaydi? Mazkur shartnomaning jumladan, Microsoft Anti-Spam siyosati (http://go.microsoft.com/fwlink/?LinkId=117951) va Microsoft o'zini tutish qoidalari (http://go.microsoft.com/fwlink/?LinkId=266426) shartlarini yoki mahalliy qonunlaringizni buzadigan tarkib xizmatlarda ishlatishga ruxsat qilinmaydi. Microsoft mazkur shartnomaga amal qilish maqsadida tarkibni ko'rib chiqish huquqini o'zida saqlab qoladi. Microsoft xizmatlarimizni yoki mijozlarimizni himoya qilish maqsadida yoki boshqachasiga mazkur shartnoma shartlarini bajarilishni ta'minlash maqsadida har qanday elektron pochta xabarini, lahzali xabarni yoki boshqa aloqani xizmatdan olinishiga yoki xizmatga jo'natilishidan bloklashi yoki boshqa usulda taqiqlab qo'yishi mumkin.

3.6. Microsoft tarkibimni xizmatlardan olib tashlashi mumkinmi? Ha. Agar tarkibingiz mazkur shartnoma shartlariga yoki qonunga zid kelayotgan bo'lsa uni olib tashlashingizni so'rashimiz mumkin. So'rovimizni e'tiborsiz qoldirsangiz xizmatlarga kirishning taqiqlanishiga, xizmatlarning yoki Microsoft hisob qaydnomangizning bekor bo'lishiga olib kelishi mumkin. Bunga qo'shimcha ravishda, agar tarkibingiz mazkur shartnoma shartlariga yoki qonunga zid ekanligini aniqlasak, yoki u uchinchi tomonning intellektual mulk huquqini buzayotganiligi haqida xabar olsak Microsoft uni sizdan so'ramasdan olib tashlashi mumkin.

4. Xizmatlarni bekor qilish

4.1. Agar mazkur shartlarni bajarmasam nima bo'ladi? Agar mazkur shartnomani buzsangiz, biz sizga qarshi harakat qilishimiz mumkin, jumladan (lekin bu bilan cheklanmagan holda) tarkibingizni xizmatlardan olib tashlashimiz yoki xizmatlarga kirishingizdan to'xtatib qo'yishimiz mumkin, muayyan faoliyatlardan to'xtashingizni so'rashimiz va xizmatlaringizni bekor qilishimiz mumkin hamda/yoki bunday faoliyatning tegishli huquqlarini olib qo'yishimiz mumkin. Bunga qo'shimcha ravishda, qoidalarni qayta-qayta buzadiganlarning hisob qaydnomalarini ma'lum holatlarda bekor qiladigan siyosatni qo'llaymiz. Mazkur shartnomani buzganligingiz tufayli sizga qarshi chora ko'rsak, sizni umuman o'chirib tashlashimiz mumkin, va siz xizmatlarda saqlangan tarkiblaringizning ba'zilarini yoki hammasini umuman yo'qotishingiz mumkin va/yoki xizmatlaringizni bekor qilishimiz mumkin. Yo'q qilingan ma'lumot tiklanib bo'lmasligi mumkin.

4.2. Meni xizmatlarga kirish huquqidan mahrum qiladigan yana boshqa sabablar bormi? Ha. Xizmatlarning bir qismi Microsoft hisob qaydnomangiz tizimiga kamida 270 kunda bir marta kirib turishingizni talab etadi. Shuni qilmasligingiz (pullik xizmatlarda boshqa shart ko'rsatilmagan bo'lsa) xizmatlarning bir qismiga kirishingiz va undan foydalanishingiz yopib qo'yilishi mumkin, va siz umuman ana shu xizmat qismidagi tarkibingizni umuman yo'qotasiz. Agar siz pullik xizmat qismiga ro'yxatdan o'tsangiz va to'lovini o'z vaqtida amalga oshirmasangiz, ana shu xizmatni to'xtatib qo'yishimiz yoki bekor qilishimiz mumkin (batafsil ko'rish uchun 9.1-bo'linga qarang).

4.3. Xizmatlarni qanday qilib bekor qila olaman? Siz xizmatlarni istagan paytda istagan sabab bilan bekor qila olasiz. Bekor qilish uchun Hisob qaydnomangizga o'tib, Account veb-sahifa (https://account.live.com) va hisob qaydnomasini yopish bo'yicha jarayonini bajarishingiz kerak bo'ladi. Xizmatlarning pullik qismini bekor qilish uchun, 9.10-bo'limga qarang. Agar siz xizmatlaringizni bekor qilsangiz, xizmatlardan tarkibingizni olib tashlashning eng tez usuli ularni xizmatlarning turli tarkibiy qismlaridan qo'lda olib tashlashdir (masalan, elektron pochtangizni qo'lda o'chirib tashlaysiz). Biroq shuni esda tutingki, yo'q qilingan tarkibingiz yopiq hisob qaydnomasiga tegishli bo'lsa unga kira olmasligingiz mumkin va u bir muddat tizimlarimizda saqlanib qolinadi.

4.4. Agar xizmatlarim bekor qilinsa yoki yo'q qilinsa nima bo'ladi? Agar xizmatlaringiz bekor qilinsa yoki yo'q qilinsa (siz tomondanmi yoki biz tomondan), xizmatlardan foydalanish huquqingiz darhol to'xtatiladi va dasturiy ta'minotimizdan foydalanish litsenziyangiz tugaydi. Siz dasturiy ta'minotingizni olib tashlashingiz shart, yoki uni tegishli ravishda o'chirb qo'yamiz. Agar xizmatlaringiz bekor qilinsa yoki yo'q qilinsa, tarkibingizni serverlarimizdan umuman o'chirib tashlashimiz mumkin va tarkibingizni sizga qaytarib berish majburiyatiga ega bo'lmaymiz.

5. Maxfiylik

5.1. Microsoft mening shaxsiy ma'lumotimni to'playdimi? Sizning maxfiyligingiz biz uchun muhim. Sizdan to'planadigan muayyan ma'lumotlarni xizmatlarimizni ishlatish va taqdim qilish uchun ishlatamiz. Shuningdek, xizmatlarimizning bir qismi sifatida, biz qurilmangiz haqidagi ma'lumotni, xizmatlardan foydalanish ma'lumotingizni va xizmatlarning ishlash sifati haqidagi ma'lumotlarni avtomatik tarzda yuklab qo'yishimiz mumkin. Bunday ma'lumotlarni to'plashga yordam sifatida, qurilmangizga cookie fayllarini joylashtirish kabi texnologiyalardan foydalanishimiz mumkin. Ma'lumotlaringizdan qanday foydalanishimiz va ularni himoya qilishimiz haqida Microsoft Onlayn maxfiylik bayonnomamizni (http://go.microsoft.com/fwlink/p/?LinkId=253457) o'qing.

5.2. Microsoft shaxsiy ma'lumotimni Microsoft-dan tashqarida boshqalarga oshkor qiladimi? Siz xizmatlardan foydalanishingiz bilan bog’liq ma’lumotlarga Microsoft kira olishiga, oshkor qilishiga yoki saqlay olishiga o’z roziligingizni bildirasiz, jumladan (lekin bu bilan cheklanib qolmagan holda), shaxsiy ma’lumotingizni va tarkibingizni yoki xizmatlardan foydalanayotganingizda Microsoft ega bo’ladigan ma’lumotni (Internet protocol yoki uchinchi tomonlarning ma’lumotlari) to’playdi, bunday to’plash Microsoft vijdonan (a) joriy qonunchilikka muvofiq ravishda yuridik jarayonlarda mutasaddi tashkilotlar so’raganda; (b) ushbu shartnomaning ijrosini amalga oshirganda yoki Microsoft-ning yoki mijozlarimizning huquqini himoya qilganda; yoki (c) biron kimsaning o’limi yoki shikastlanishining oldini olganda amalga oshiriladi.

5.3. Microsoft sud jarayoniga qanday javob beradi? Boshqa Internet xizmatlarini taqdim qiluvchilar kabi Microsoft-dan sud talablari va so'rovlari bo'yicha huquq tartibot organlari, hukumat organlari va suddagi tomonlarning biriga tarmoqlarimizda saqlangan tarkib uchun javob berishi kerak. Bu ma'lumot jinoyat yoki fuqarolik ishiga aloqador bo'lishi mumkin va odatda mamlakat yoki hodisa yuz bergan joydagi sud jarayoni uchun uni talab qilishlari mumkin. Microsoft ana shu tergovlarning yoki sud jarayonlarning bir qismi bo'lishi mumkin bo'lgan sizning ma'lumotingizni yoki tarkibingizni talab qilganlarida javob berish majburiyatini olgan bo'lishi mumkin.

6. Xizmatlarning izdan chiqishi va zahiralash

Biz xizmatlarimizni doimo bekamiko'st ishlab turishiga qattiq harakat qilamiz; biroq barcha onlayn xizmatlar tasodifiy izdan chiqishi va to'xtashi bilan muammoga duch keladi, Microsoft ushbu izdan chiqishlar natijasida yuzaga kelgan sizning ishingizning to'xtab qolishi yoki yo'qotishingiz uchun javobgar bo'lmaydi. Xizmatlarda saqlab qo'yadigan tarkibingizni tez-tez zahiralab borishingiz kerak bo'ladi. Muntazam ravishda qilinadigan zahiralab borishingiz tarkibingiz yo'qotilishining oldini oladi.

7. Dasturiy ta'minot

7.1. Xizmatlarning bir qismi bo'lgan dasturiy ta'minot qaysi shartlar bilan boshqariladi? Agar siz xizmatlarning bir qismi sifatida dasturiy ta'minotni bizdan olsangiz, u litsenziya shartlari to'plamining biri bilan boshqariladi ("litsenziya shartlari"): Agar sizga dasturiy ta'minot uchun litsenziya taqdim qilinsa, ana shu litsenziya shartlari dasturiy ta'minotga qo'llaniladi; agarda sizga litsenziya taqdim qilinmagan bo'lsa unda ushbu shartnoma shartlari nafaqat xizmatlarga balki ana shu dasturiy ta'minotga ham qo'llaniladi. Dasturiy ta'minotga litsenziya beriladi, sotilmaydi va Microsoft o'zi tomonidan litsenziya shartlari ostida unga ega bo'ladimi, mahrum bo'lganmi yoki boshqachasiga ochiq taqdim qilinmagan dasturiy ta'minotga Microsoft barcha huquqlarini saqlab qoladi. Agar mazkur shartnoma siz ko'rayotgan veb-saytni boshqarsa, ushbu veb-saytga ulangan yoki havola qilingan uchinchi tomonning ssenariysi yoki kodi ana shu kodga ega bo'lgan uchinchi tomonning berilgan ruxsati hisoblanadi, Microsoft-ning emas.

7.2. Xizmatlarning bir qismi sifatida taqdim qilingan dasturiy ta'minotdan qanday foydalana olaman? Xizmatlarning bir qismidan foydalanishingiz sifatida biz sizga dasturiy ta'minotning bir nusxasini faqat bitta qurilmada va faqat bir vaqtda bitta shaxs tomonidan o'rnatish va foydalanish huquqini taqdim qilamiz, ammo agar siz mazkur shartnomaning boshqa barcha shartlariga javob bersangiz albatta.

7.3. Dasturiy ta'minot yoki xizmatlarda qila olishim mumkin bo'lmagan narsalar bormi? Ha. Mazkur shartnomaning boshqa cheklovlariga qo'shimcha ravishda, dasturiy ta'minot yoki xizmatlarda yoki ularga bog'liq bo'lganda har qanday texnologik himoya chora tadbirlarni e'tibrosiz qoldirib yoki chetlab o'tolmaysiz, yoki xizmatlarga qo'shilgan yoki ularda kirish mumkin bo'lgan har qanday dasturiy ta'minotni ajrata olmaysiz, yoki dekompilyatsiya qila olmaysiz yoki reinjinirng qila olmaysiz, lekin agar shunga qo'llaniladigan mualliflik huquqi ochiq oyding ruxsat bergan bo'lsa bundan mustasno; dasturiy ta'minot yoki xizmatlarning tarkibiy qismlarini boshqa qurilmalarda ishlatish uchun ajratish mumkin emas; dasturiy ta'minot yoki xizmatlarni nashr qilish, nusxalash, ijaraga olish yoki berish, yoki qarzga berish mumkin emas; yoki dasturiy ta'minotni, har qanday dasturiy ta'minot litsenziyasi yoki xizmatlarga bog'liq har qanday huquqlarni uzatish mumkin emas, mazkur shartnomada nazarda tutilgan ochiq ruxsatlar bundan mustasno. Boshqalarning foydalanishi bilan to'qnash kelishi mumkin bo'lgan har qanday ruxsat etilmagan yo'l bilan xizmatlardan foydalanish, ma'lumotlarga, hisob qaydnomaga yoki tarmoqqa kirish taqiqlanadi. Siz uchinchi tomonninr ruxsat etilmagan xizmatlariga kira olmasligingiz mumkin.

7.4. Dasturiy ta'minot qanday yangilanadi? Biz dasturiy ta'minotingiz versiyasini avtomatik tarzda tekshirishimiz mumkin. Siz ham vaqti-vaqti bilan dasturiy ta'minotingizga yangilanishlarni avtomatik tarzda yuklab olishingiz mumkin. Siz bunday yangilanishlarni mazkur shartnoma shartlari asosida qabul qilishga roziligingizni bildirasiz, agar yangilanishlar bilan boshqa shartlar kelsa, bundan mustasno. Agar shunday bo'lsa, yangilanishlar bilan kelgan shartlar qo'llaniladi. Microsoft yangilanishlarni taqdim qilish majburiyatini olmaydi va litsenziyasini olgan dasturiy ta'minotingizning versiyasini qo'llab quvvatlab turishga kafolat bermaymiz. Bunday yangilanishlar uchinchi tomonlardan taqdim qilingan dasturiy ta'minot va xizmatlarga mos kelmasligi mumkin.

8. Office.com, MSN va Bing bo'yicha qo'shimcha shartlar

8.1. Office.com va Office Web App media elementlari va qoliplari. Agar siz Microsoft Office.com yoki Microsoft Office Web Apps-dan foydalanayotgan bo'lsangiz, siz Office.com saytida mavjud bo'lgan dasturiy ta'minot tomonidan taqdim qilingan yoki dasturiy ta'minotga bog'liq bo'lgan xizmatlarning bir qismi sifatida kelgan media rasmlar, kliplar, san'at, animatsiyalar, musiqa, video, qolip va boshqa turdagi tarkiblarga ("media elementlar") kira olasiz. Siz proektlardagi va hujjatlardagi media elementlarni nusxalashingiz va foydalanishingiz mumkin. Siz (1) media elementlarning o'zini yoki boshqa mahsulot bilan birga, agar media element ana shu mahsulotning aksar qiymatini tashkil qiladigan bo'lsa, sota olmaysiz, foydalanishga ruxsat bera olmaysiz yoki nusxalarini tarqata olmaysiz; (2) ana shu media elementlarga bo'lgan iste'molchilik huquqingizni boshqaga bera olmaysiz yoki tarqata olmaysiz; (3) boshqalarning shaxsiyatini aniqlaydigan rasmlar, hukumat rasmlari, logotiplar, savdo belgilari yoki emblemalari aks ettirilgan rasmli media elementlarni boshqalarga tijorat maqsadida foydalanish ruxsatini bera olmaysiz yoki tarqata olmaysiz; yoki (4) elementlardan foydalangan holda nomunosib va axloqsiz narsalarni yartish taqiqlanadi. Qo'shimcha ma'lumot uchun Microsoft mualliflik huquqiga ega tarkiblaridan foydalanish veb-sahifasiga tashrif buyuring (http://www.microsoft.com/permission).

8.2. MSN Video. MSN Video-da mavjud bo'lgan videolar va joylashtiriladigan video pleyer faqatgina sining notijorat, shaxsiy foydalanishingiz uchundir, agar mazkur shartnomaning biron joyida boshqacha shart ko'rsatilgan bo'lsa bundan mustasno, hamda huquq egalarining ruxsatisiz yuklanishi, nusxa olinishi yoki qayta tarqatilishi mumkin emas. Joylashtiriladigan video pleyerni asosiy maqsadi reklamani yoki foyda olish uchun obuna qilingan to'plamni aks ettirish bo'lgan yoki bevosita MSN Video-ning raqobatidagi bo'lgan har qanday veb-saytda bizning ochiq va yozma roziligimizni olmasdan turib foydalanishingiz taqiqlanadi. Joylashtiriladigan video pleyerdan foydalanishingiz uchinchi tomoning sizdan xarajatlar, to'lovlar va gonorarlar jumladan, mamlakatingiz yoki mintaqangizdagi jamoat foydalanish gonorarlari olinishiga o'z roziligingizni bildirasiz.

8.3. Bing. m.bing.com saytidan foydalangan paytingizda qurilmangizda joylashuvni aniqlashni faollashtirib qo'ygan bo'lsangiz, siz Microsoft-ga Microsoft Onlayn Maxfiylik bayonnomasiga (http://go.microsoft.com/fwlink/p/?LinkId=253457) muvofiq joylashuv ma'lumotingizni to'plash va undan foydalanish ruxsatini bergan bo'lasiz. Joylashuvingiz ma'lumotingizdan qidirish va taqqoslash natijalarini taqdim qilish va yaxshilash uchun foydalanamiz.

9. Agar siz Microsoft-ning haq olinadigan xizmatlaridan foydalansangiz, sizga nisbatan quyidagi shartlar qo'llaniladi

9.1. Haqlar. Agar xizmatlarning bir qismi uchun haq olish nazarda tutligan bo'lsa, siz ana shu haqni to'lashga roziligingizni bildirasiz. Xizmatlar uchun to'lovlar, agar boshqacha shart ko'rsatilmagan bo'lsa, barcha qo'llaniladigan soliqlar va valyuta ayirboshlash xarajatlarsiz ko'rsatilgan bo'ladi. Bunday soliqlar yoki to'lovlarni amalga oshirishga faqat o'zingiz mas'ul hisoblanasiz. Agar siz tomondan o'z vaqtida va to'laligicha to'lov olinmaydigan bo'lsa biz xizmatlarni to'xtatib qo'yishimiz yoki bekor qilishimiz mumkin. To'lovni amalga oshirmaganligingiz tufayli xizmatlarni to'xtatib qo'yish yoki bekor qilish natijasida siz hisob qaydnomangizga va undagi tarkibingizga kira olmaysiz va undan foydalana olmaysiz.

9.2. Billing qayd hisobingiz. Xizmat uchun haq to'lashingiz uchun, xizmatga kirish uchun ro'yxatdan o'tayotgan paytingizda sizdan to'lov usulini taqdim qilish so'raladi. Billing qayd hisobingiz ma'lumotiga va to'lov usulingizga kirish va ularni o'zgartirish uchun Billing va qayd hisobini boshqarish (https://billing.microsoft.com) veb-saytiga kirishingiz kerak bo'ladi. Bunga qo'shimcha ravishda, siz o'zingizning bankingiz yoki tegishli to'lov tarmog'ingiz tomonidan taqdim qilingan to'lov usuliga nisbatan yangilangan hisob qaydnoma ma'lumotlaridan Microsoft foydalana olishiga o'z ruxsatingizni berishga rozi ekanligingizni izhor qilasiz. Siz billing qayd hisobingiz ma'lumotini har doim ishlab turishiga roziligingizni bildirasiz. Billing qayd hisobingizga oldin qo'yilgan hisobga billing qayd hisobingizga kiritilgan o'zgartirishlar uni tegishli ravishda o'zgartirmagunimizcha ta'sir qilmadyi.

9.3. Hisoblash. Microsoft-ga to'lov usulini taqdim qilishingiz bilan, siz (1) to'lov usulidan foydalana olishingiz ruxsatiga ega ekanligingizni va siz taqdim qilayotgan har qanday to'lov ma'lumoti haqiqiy va to'g'ri ekanligini tasdiqlaysiz; (2) to'lov usulingizdan foydalangan holda Microsoft-ga xizmat uchun haq olish ruxsatini berasiz; va (3) ro'yxatdan o'tishni tanlagan yoki mazkur shartnoma kuchga ega bo'lgan davr ichida xizmatning haq olinadigan xususiyatlari uchun Microsoft-ga sizdan haq olish ruxsatini berasiz. Biz sizga (a) oldindan; (b) xarid qilish paytingizda; (c) xarid qilib bo'lganingizdan so'ng qisqa muddat ichida; yoki (d) obuna bo'lagan xizmatlarga davriy hisob qo'yishimiz mumkin. Shunigdek, biz sizga o'zingiz tasdiqlagan qiymat bo'yicha hisob qo'yishimiz mumkin, va siz obuna bo'ladigan davriy xizmatlarga qo'yiladigan hisoblarda o'zgarish kiritilsa sizni oldindan xabardor qilamiz. Biz sizga bir vaqtning o'zida avval amalga oshirilmagan to'lovlar uchun bittadan ko'p bo'lgan hisoblash davrlariga hisob qo'yishimiz mumkin.

9.4. Avtomatik yangilash. Mamlakatingiz, viloyatingiz yoki tumaningizda avtomatik yangilashlar ruxsat etilgan sharti bilan, xizmatlaringizni yangilashdan oldin sizni elektorn pochta orqali xabardor qilamiz. Sizga xizmatlaringizning avtomatik yangilanishi haqida xabar berganimizdan so'ng, ularni avtomatik tarzda yangilashimiz va yangilash uchun joriy qiymatda haq olishimiz mumkin. Shuningdek, sizga xizmatlar yangilanishi uchun, yangilash sanasida bo'ladimi yoki keyinroqmi, tanlangan to'lov usulingizga hisob qo'yishimizni eslatib o'tmoqchimiz. Shu bilan birga biz xizmatlarni qanday qilib bekor qila olishingiz bo'yicha ko'rsatmalarni taqdim qilamiz. Yangilash uchun sizga hisob qo'yilishining oldini olish maqsadida xizmatlarni yangilash sanasidan oldin bekor qilishingiz shart.

9.5. Onlayn bayonnomasi va xatolar. Biz sizga Billing va qayd hisobini boshqarish veb-saytda (https://billing.microsoft.com) onlayn billing bayonnomasini taqdim qilamiz, unda siz bayonnomangizni ko'rishingiz va chop qilib olishingiz mumkin. Ana shu biz taqdim qiladigan yagona billing bayonnomasidir. Har bir onlayn bayonnomani o'zingiz chop etib nusxasini saqlab qo'yishingiz va o'z yozuvlaringizga qo'shib qo'yishingiz kerak bo'ladi. Agar biz sizga hisob qo'yishda xatoga yo'l qo'yadigan bo'lsak, siz xato hisobingizda birinchi bor ko'ringandan so'ng 120 kun ichida bizga xabar berishingiz shart. Biz zudlik bilan qo'yilgan hisobni tekshirib chiqamiz. Agar ko'rsatilgan muddat ichida bizga xatoning xabarini bermasangiz, shunday xato uchun yuzaga kelgan yo'qotishingiz uchun barcha javobgarliklardan bizni ozod qilgan bo'lasiz va bizdan xatoni to'g'irlash va ko'rilgan zararni qoplashni talab qila olmaysiz. Agar Microsoft qo'yilgan hisobda xato topsa, biz 90 kun ichida shu xatoni tuzatamiz.

9.6. Sovutib qo'yish muddati. Bizdan xizmatni ishga tushirishni talab qilishingiz bilan, sizga zudlik bilan ana shu xizmatni ko'rsatishimizga roziligingizni bildirasiz. Siz bekor qilish yoki "sovutib qo'yish" davri huquqiga ega bo'lmaysiz, qonunda talab qilingan sovutib qo'yish muddati bundan mustasno. Siz pullik xizmatlarni 9.10-bo'limda ko'rsatilgan shartlar asosida bekor qilishingiz mumkin. Agar qonuningizga sovutib qo'yish muddati ko'zda tutilgan bo'lsa va siz ana shu muddat ichida xizmatlarni bekor qilsangiz, to'lagan barcha to'lovlaringiz tegishli muddat ichida qaytarib beriladi.

9.7. Sinov muddati takliflari. Agar siz har qanday sinov muddatli xizmatlardan foydalanayotgan bo'lsangiz, sinov muddati nihoyasiga yetishi bilan sizdan yangi haq undirilishining oldini olish uchun xizmatlaringizni o'chirib tashlashingiz shart, agar sizga boshqacha xabar bersak, bu shartdan mustasnodir. Agar siz xizmatlarni sinov muddati tugagandan so'ng bekor qilmasangiz, biz xizmatlar uchun haq olishimiz mumkin bo'ladi.

9.8. Narx-navolarning o'zgarishi. Biz ko'rsatilayotgan xizmatlar uchun narxlarni istalgan paytda o'zgartirishimiz mumkin, va sizni narx o'zgarishidan 15 kun oldin elektron pochta orqali xabardor qilamiz. Agar siz o'zgargan narxga rozi bo'lmasangiz, siz o'zgargan narx kuchga kirgunga qadar xizmatlarni bekor qilishingiz va undan foydalanishni to'xtatishingiz shart. Agar siz xizmatingiz uchun muayyam muddatga tayinlangan narx olgan bo'lsangiz, ana shu narx tayinlangan muddat ichida o'zgarmas bo'lib qoladi.

9.9. To'lovlarni qaytarib berish siyosatlari. Agar qonunda yoki muayyan xizmat taklifida boshqacha shart nazarda tutilmagan bo'lsa, barcha xaridlar qat'iy va to'lovlar qaytarib berilmas hisoblanadi.

9.10. Xizmatlarni bekor qilish. Siz xizmatlarni, sabab bilanmi yoki sababisz, istalgan paytda bekor qilishingiz mumkin. Xizmatlaringizni qanday bekor qilish bo'yicha ma'lumot va yo'riqnoma Billing va qayd hisobini boshqarish veb-saytida taqdim qilingan (https://billing.microsoft.com). Agar yurisdiktsiyangiz qonuni boshqacha talab qilmasa, xizmatlarni bekor qilinishida quyidagicha tavsif qilishingiz kerak (1) bekor qilish paytida pullaringiz qaytarib berilmaydi; (2) siz bekor qilish to'lovini amalga oshirishingiz shart bo'lishi mumkin; (3) sizga xizmatni bekor qilish sanasidan oldin qo'yilgan hisoblarni to'lashingiz shart bo'lishi mumkin; yoki (4) xizmatlarni bekor qilsangiz hisob qaydnomangizga kira olmasligingiz va undan foydalana olmasligingiz mumkin. Agar bekor qilsangiz, xizmatingiz joriy xizmat muddati nihoyasiga yetganda tugashi mumkin, yoki agar biz sizga muntazam ravishda hisob qo'ysak, bekor qilingan davrning so'ngida tugaydi.

9.11. Kechiktirilgan to'lovlar. Ilgari qolib ketgan qarzlaringizni to'plash uchun biz sizga chiqargan barcha muvofiq to'lovlarni amalga oshirishingiz shart. Bunga tegishli advokat gonorari va boshqa huquqiy to'lovlar va xarajatlar kiradi.

9.12. Sizga to'lanadigan to'lovlar. Agar biz sizga to'lov qarz bo'lsak, siz bizga ana shu to'lovni to'lab berishimiz uchun o'z vaqtida va to'g'ri malumot taqdim qilishga rozi ekanligingizni bildirasiz. Mazkur to'lov natijasida vujudga keladigan har qanday soliq va to'lovlarni qoplash sizning majburiyatingiz hisoblanadi. Shuningdek, siz har qanday to'lovga bo'lgan huquqingizga nisbatan qo'yiladigan shartlarimizni bajarishingiz shart. Agar sizga xatolik bilan to'lov amalga oshirilgan bo'lsa, biz uni qaytarib olishimiz yoki sizdan qaytarib berishingizni talab qilishimiz mumkin. Ana shu narsalarni amalga oshirishdagi harakatlarimizda bizga ko'makchi bo'lishingizga o'z roziligingizni bildirasiz. Shuningdek, sizdan oldin to'langan har qanday ortiqcha to'lovlar uchun sizni xabardor qilmasdan ana shu to'lovdan chegirib qolishimiz mumkin.

9.13. Internetga kirish xizmatlari va uning uchun to'lovlar. Agar xizmatlarda Internetga ulanish ham kiritilmagan bo'lsa, siz internet provayderingiz taqdim qilgan internetga ulanish haqini o'zingiz to'lashingiz kerak bo'ladi. Bunday to'lovlar bizga to'lanadigan to'lovlarga qo'shimcha ravishda amalga oshiriladi. Agar siz Internetga simsiz qurilmalar (masalan, uyali telefonlar va planshetlar) orqali ulansangiz, simsiz operatoringiz sizdan efir vaqtidan va simsiz ma'lumot xizmatidan foydalanishni talab etadigan signallar, veb ko'rib chiqishlar, xabarlarni jo'natish va qabul qilish va boshqa xizmatlar uchun haq olishi mumkin. Sizga bunday haqlardan qaysi biri qo'llanilishini aniqlash uchun operatoringizga murojaat qiling. Simsiz qurilmalar yoki boshqa aloqa vositalari yordamida xizmatlarga kirish uchun olinadigan to'lovlarni to'lashga faqat o'zingiz mas'uldirsiz.

Ushbu 9.13 bo'limning qolgan qismi agar xizmatlaringiz internetga kirishni talab qilsagina qo'llaniladi. Bu xizmat sizning mamlakatingiz yoki mintaqangizda mavjud bo'lmasligi mumkin. Agar siz dial-up modemidan foydalansangiz, telefon raqamingizga qarab hamda qayerdan qo'ng'iroq qilishingizga qarab sizdan simli telefon stansiyasiga ulanish haqi, rouming yoki boshqa ulanish haqlari olinishi mumkin. Telefon raqamingiz tarif rejasida bunday to'lovlar olinishi yoki olinmasligi haqida o'zingizning mahalliy telefon stansiyangizdan bilib oling. Biz sizga qo'ngiroq qilishingiz uchun telefon raqamini taklif qilsak ham, sizdan mahalliy provayderingiz, qo'ng'iroq qilish joylashuvingiz va tarif rejangizga qarab sizdan baribir haq olinishi mumkin. Biz bunday to'lovlarni qoplab bermaymiz.

10. KAFOLATLARNI RAD QILISH

MICROSOFT, HAMDA BIZNING FILIALLARIMIZ, VOSITACHILARIMIZ, DISTRIBYUTORLARIMIZ VA SAVDOGARLARIMIZ XIZMATLARDAN FOYDALANISHINGIZGA NISBATAN HECH QANDAY KAFOLAT VA SHAROITLAR, OCHIQ BO'LADIMI YOKI NAZARDA TUTILGANMI, BERMAYDI. XIZMATLARDAN FOYDALANISHINGIZ O'ZINGIZNING MAS'ULIYATINGIZ EKANLIGINI VA BIZ TAQDIM QILAYOTGAN XIZMATLAR "BORICHA" BARCHA "XATOLARI" VA "QANDAY MAVJUD BO'LSA SHUNDAYLIGICHA" TAQDIM QILINGANLIGINI TUSHUNASIZ. MICROSOFT XIZMATLARDAGI MAVJUD MA'LUMOTLARNING TO'G'RILIGI VA O'Z VAQTIDALIGIGA KAFOLAT BERMAYDI. MAHALLIY QONUNCHILIGINGIZ RUXSAT BERGAN DOIRADA KO'ZDA TUTILGAN HAR QANDAY KAFOLATLARNI, JUMLADAN MAHSULOTDORLIGI, QONIQARLI SIFATLILIGI, MUAYYAN MAQSADGA MUVOFIQLILIGI SIFATLILIGI VA QONUNNI BUZMASLILIGINI QABUL QILMAYMIZ. MAHALLIY QONUNINGIZ DOIRASIDA MUAYYAN HUQUQLARGA EGA BO'LISHINGIZ MUMKIN. AGAR ULAR QO'LLANILGUDEK BO'LSA, MAZKUR SHARTNOMADA NAZARDA TUTILGAN HECH QAYSI SHART ULARGA TA'SIR ETOLMAYDI.

KOMPYUTER VA TELEKOMMUNIKATSION TIZIMLAR BEXATO EMASLIGINI VA BA'ZIDA ISHLAMAY QOLISHLIK KABI XATOLAR YUZ BERISHINI TAN OLASIZ. BIZ XIZMATLARNI UZLIKSIZ BO'LISHIGA, O'Z VAQTIDA YETKAZIB BERILISHIGA, XAVFSIZLILIGIGA, XATOSIZ EKANLIGIGA YOKI TARKIBINGIZNING YO'QOTILISHI YUZ BERMASLIGIGA KAFOLAT BERMAYMIZ.

Avstraliyalik iste'molchilariga, Avstraliya iste'molchilar qonuni bilan tasdiqlangan kafolatlarga egasiz va mazkur shartnomadagi hech narsa ana shu huquqlarga ta'sir eta olmaydi.

11. Majburiyatning cheklanishi

Agarda Microsoft mazkur shartnoma shartlarini buzadigan bo'lsa siz Microsoft yoki uning har qaysi filiallari, vositachilari, distribyutorlari va savdogarlaridan bevosita ko'rgan zararingiz uchun bir oylik xizmatlar haqini undirishingizga o'z roziligingizni berasiz. Siz boshqa har qanday zararlar yoki yo'qotishlarni, jumladan, ammo bu bilan cheklanmagan holda, bilvosita foydalarni yo'qotish, maxsus, bevosita, tasodifiy yoki jarima sifatidagi yo'qotishlaringizni qoplay olmaysiz. Bunday chekolvlar va istisnolar agar bu qoplash maqsadli qoplashni to’liq o’z ichiga olmagan bo’lsa yoki agar ana shu yo’qotishlar yuzaga kelishini bilgan bo’lsak yoki bilishimiz shart bo’lgan bo’lsa qo’llaniladi. Qonun doirasida maksimal ruxsat etilgan darajada, bu cheklovlar va istisnolar tarkibni yo’qotishga; xizmatlaringizdan foydalanishga har qanday virusning ta’siri; uzatishlar yoki tranzaksiyalarning ishga tushirilishida yoki nihoyasiga yetkazilishidagi kechiktirishlar yoki xatolarga; shartnomaning, kafolatning, majburiyatning yoki shartning buzilishi uchun tovon to’lashni talab qilishga; qat’iy majburiyatga; e’tiborsizlikka; xato talqin qilinishiga yoki tushirib qoldirishga; suiiste’molga; ko’rsatma va qoidalarni buzilishiga; yoki nohaq boyishlikka nisbatan qo’llaniladi. Agar davlatingiz, viloyatingiz yoki mamlakatingiz tasodifiy, ketma-ket yoki boshqa zararlarning istisnolari yoki cheklovlariga ruxsat bermasa mazkur cheklovlar yoki istisnolarning ba'zilari yoki hammasi sizga nisbatan qo'llanmasligi mumkin.

12. Microsoft-ning shartnoma tuzish tashkiloti

12.1. Qo'shma Shtatlar. Agar siz (yoki siz kompaniya bo'lsangiz va bosh manzilingiz) Qo'shma Shtatlarda yashasangiz, siz Microsoft korporatsiyasi, One Microsoft Way, Redmond, WA 98052, US manzilidagi kompaniya bilan shartnoma tuzgan bo'lasiz. Siz yashagan mamlakatning qonunlari, qonun tamoyillariga to'g'ri kelmasligidan qat'i nazar, mazkur shartnoma sharhlaydi, shu jumldadan uning bizilishi va boshqa shikoyatlar uchun ham. Siz va biz shartnomani bajarish bo’yicha yoki xizmatlarni ko’rish bo’yicha sudda (arbitraj va kichik da’volar sudi emas) tinglanadigan ishlarni King County, Vashington-da joylashgan sudga to’liq yurisdiktsiyasini va joylashuvini berishga roziligimizni beramiz.

12.2. Qo'shma Shtatlardan tashqari Shimoliy yoki Janubiy Amerika. Agar siz (yoki siz kompaniya bo'lsangiz va bosh manzilingiz) Qo'shma shtatlardan tashqaridagi Shimoliy yoki Janubiy Amerikada yashasangiz, siz Microsoft korporatsiyasi, One Microsoft Way, Redmond, WA 98052, US manzilidagi kompaniya bilan shartnoma tuzgan bo'lasiz. Vashington shtati qonuni, qonun tamoyillariga to'g'ri kelmasligidan qat'i nazar, mazkur shartnomani sharhlaydi, shu jumldadan uning bizilishi va boshqa shikoyatlar uchun ham qo'llaniladi. Boshqa barcha da'volar, jumladan, iste'molchilarning huquqini himoya qilish qonunlari, adolatsiz raqobat va g'ayriqonuniy ishlar qonunlari bo'yicha da'volar xizmatlaringizni taqdim qilayotgan mamlakat qonunlari asosida ko'riladi.

12.3. Yevropa. Agar siz (yoki siz kompaniya bo'lsangiz, va bosh ofisingiz) Yevropada joylashgan bo'lsangiz, siz 20 Rue Eugene Ruppert, Immeuble Laccolith, 1st Floor, L-2543 Lyuklsemburg, manzilida joylashgan Microsoft Luxembourg S.à.r.l. bilan tuzgan bo'lasiz va Lyuksemburg qonunlari mazkur shartnomani talqin qilishda amal qiladi va qonun tamoyillariga zid keladimi yo'qmi, uning shartlarini buzishda da'vo ochish uchun qo'llaniladi, agar siz Ispaniyada yashasangiz yoki kompaniyangizning bosh ofisi Ispaniyada bo'lsa bundan mustasno. Unda Ispaniya qonunlari mazkur shartnomani talqin qilishda amal qiladi. Boshqa barcha da'volar, jumladan, iste'molchilarning huquqini himoya qilish qonunlari, adolatsiz raqobat va g'ayriqonuniy ishlar qonunlari bo'yicha da'volar xizmatingizni taqdim qilayotgan mamlakat qonunlari asosida ko'riladi. Yurisdiksiya berish masalasida, siz va Microsoft mazkur shartnomaning ijrosi yuzasidan kelib chiqqan tortishuvlarni ko'risb chiqish uchun xizmatingizni yuborish mamlakatni tanlashingiz mumkin, yoki muqobil yo'l sifatida Lyuksemburgdagi mas'ul sudni tanlashingiz mumkin. Agar siz Germaniya hududida xizmatlarga kirsangiz, sizga nisbatan Germaniya shartnomasi (http://go.microsoft.com/fwlink/?LinkId=266428) qo'llaniladi.

12.4. Yaqin Sharq yoki Afrika. Agar siz (yoki siz kompaniya bo'lsangiz, va bosh ofisingiz) Yaqin Sharq yoki Afrikada joylashgan bo'lsangiz, siz 20 Rue Eugene Ruppert, Immeuble Laccolith, 1st Floor, L-2543 Lyuklsemburg, manzilida joylashgan Microsoft Luxembourg S.à.r.l. bilan tuzgan bo'lasiz va Lyuksemburg qonunlari mazkur shartnomani talqin qilishda amal qiladi va qonun tamoyillariga zid keladimi yo'qmi, uning shartlarini buzishda da'vo ochish uchun qo'llaniladi. Boshqa barcha da'volar, jumladan, iste'molchilarning huquqini himoya qilish qonunlari, adolatsiz raqobat va g'ayriqonuniy ishlar qonunlari bo'yicha da'volar xizmatlaringizni taqdim qilayotgan mamlakat qonunlari asosida ko'riladi. Siz va biz mazkur shartnoma ijrosi bilan bog'liq yoki undan tashqarida yuzaga keladigan barcha tortishuvlarni hal qilish bo'yicha yurisdiksiyani faqat Lyuksemburg sudlariga berishga qat'iyan rozilik bergan hisoblanamiz.

12.5. Osiyo yoki Janubiy tinch okeani mintaqasi, agar mamlakatingiz alohida zikr qilinmagan bo'lsa. Agar siz (yoki siz kompaniya bo'lsangiz va bosh manzilingiz) Osiyo yoki Janubiy Osiyoda yashasangiz, siz Nevada shtati, AQSh, qonunchiligiga muvofiq tuzilgan va Singapurdagi 438B Alexandra Road, #04-09/12, Block B, Alexandra Technopark, Singapur 119968 manzilidagi Microsoft Regional Sales Corp. korporatsiyasi bo'limi bilan shartnoma tuzgan bo'lasiz va Vashington shtati qonuni mazkur shartnomani, qonun tamoyillariga to'g'ri kelmasligidan qati nazar boshqaradi. Mazkur shartnoma bilan bog'liq yoki bog'liq bo'lmagan holda yuzaga kelgan har qanday kelishmovchilik, jumladan, uning mavjudligi, to'g'riligi yoki bekor qilinganligi bo'yicha savollar Singapur xalqaro arbitraj markazining (SIAC) Arbitraj qonunlari asosida ko'rib va oxirgi qarorni chiqarish uchun Singapurdagi arbitrajga taqdim qilinadi, va uning qoidalari ushbu paragrafda o'z aksini topgan hisoblanadi. Arbitraj SIAC bosh kotibi tomonidan tayinlangan bitta arbitrdan tashkil topadi. Arbitraj ingliz tilida olib boriladi. Arbitrning qarori qat'iy, majburiy va e'tirozga o'rin qoldirmaydigan bo'lib har qanday mamlakat yoki mintaqadagi sudda asos bo'lib xizmat qiladi.

12.6. Yaponiya. Agar siz (yoki siz kompaniya bo'lsangiz, va bosh ofisingiz) Yaponiyada joylashgan bo'lsangiz, siz Shinagawa Grand Central Tower, 2-16-3 Konan Minato-ku, Tokio 108-0075 manzilida joylashgan Microsoft Japan Co., Ltd (MSKK) kompanyiasi bilan shartnoma tuzgan bo'lasiz. Mazkur shartnoma va u bilan bog'liq yuzaga kelgan har qanday masala Yaponiya qonunchiligi asosida boshqariladi va hal etiladi. Siz va biz mazkur shartnoma ijrosi bilan bog'liq yoki undan tashqarida yuzaga keladigan barcha tortishuvlarni hal qilish bo'yicha asl yurisdiksiyani faqat Tokiyo okrugi sudlariga berishga qat'iyan rozilik bergan hisoblanamiz.

12.7. Xitoy. Agar siz (yoki siz kompaniya bo'lsangiz, va bosh ofisingiz) Xitoyda joylashgan bo'lsangiz, siz Suite B, 8th Floor, Building Ding, No. 555, Dongchuan Road, Minxing District, Shanhai, XXR manzilida joylashga Shanghai MSN Network Communications Technology Company Limited kompaniyasi bilan MSN, Bing, yoki Windows Live Messenger-lardan foydalanish uchun shartnoma tuzgan bo'lasiz; XXR qonunchiligi Shanghai MSN Network Communications Technology Company Limited ostida taqdim qilinadigan xizmatlarga bog'liq bo'lgan mazkur shartnomani boshqaradi. Mazkur shartnoma asosida MSN, Bing yoki Windows Live Messenger xizmatlaridan foydalanish natijasida kelib chiqadigan har qanday tortishuv, shartnomaga bog'liq bo'ladimi, yo'qmi, jumladan, mazkur shartnomaning mavjudligi, haqiqyligi yoki bekor qilinishi bo'yicha har qanday masala Gonkong xalqaro arbitraj markazi ("HKIAC") qoshidagi Gonkong arbitrajida UNCITRAL arbitraj qoidalariga muvofiq ko'rib chiqishga va qat'iy qaror chiqarilishga topshiriladi, bu qoidalar ushbu paragrafda iqtibos qilingan hisoblanadi. Bunday arbitraj uchun HKIAC tomonidan UNCITRAL arbitraj qoidalariga muvofiq bitta arbitr tayinlanadi. Arbitraj ingliz tilida olib boriladi. Arbitrning qarori qat'iy, majburiy va e'tirozga o'rin qoldirmaydigan bo'lib Xitoyda yoki boshqa har joydagi sudda asos bo'lib xizmat qiladi. Mazkur shartnoma shartlari ostidagi boshqa barcha xizmatlardan foydalanishingiz bo'yicha Microsoft korporatsiyasi, One Microsoft Way, Redmond, WA 98052, AQSh, bilan shartnoma tuzgan bo'lasiz. Vashington shtati qonuni, qonun tamoyillariga to'g'ri kelmasligidan qat'i nazar, ana shu xizmatlardan foydalanishni boshqaradi. King County, Vashington, AQSh-dagi shtat va federal sudlari yurisdiksiyasi istisno emas.

12.8. Koreya Respublikasi. Agar siz (yoki siz kompaniya bo'lsangiz, va bosh ofisingiz) Koreya Respublikasida joylashgan bo'lsangiz, siz 6th Floor, POSCO Center, 892 Daechi-Dong, Kangnam-Gu, Seul, 135-777, Koreya, manzilida joylashgan Microsoft Korea, Inc. kompaniyasi bilan shartnoma tuzgan bo'lasiz, va u Koreya Respublikasi qonunlari bilan boshqariladi. Siz va biz mazkur shartnoma ijrosi bilan bog'liq yoki undan tashqarida yuzaga keladigan barcha tortishuvlarni hal qilish bo'yicha asl yurisdiksiyani faqat Seul okrugi sudlariga berishga qat'iyan rozilik bergan hisoblanamiz.

12.9. Tayvan. Agar siz (yoki siz kompaniya bo'lsangiz, va bosh ofisingiz) Tayvanda joylashgan bo'lsangiz, siz 8F, No 7 Sungren Road, Shinyi Chiu, Taypey, Tayvan 110 manzilida joylashgan Microsoft Taiwan Corp. kompaniyasi bilan shartnoma tuzgan bo'lasiz, va u Tayvan qonunlari bilan boshqariladi. Siz va biz mazkur shartnoma ijrosi bilan bog'liq bo'lgan yoki undan tashqarida yuzaga keladigan har qanday tortishuvlarni qat'iy ravishda Taypey okrug sudi yurisdiksiyasiga topshiramiz.

13. Uchinchi tomon veb-saytlari

Xizmatlar orqali siz uchinchi tomon veb-saytlariga kira olishingiz mumkin. Microsoft ana shu uchinchi tomon xizmatlarida mavjud bo'lgan uchinchi tomon veb-saytlari, xizmatlari yoki tarkiblari uchun javobgar emas. Uchinchi tomonlar bilan (jumladan, reklamachilar bilan) munosabatlarda faqat o'zingiz javobgar hisoblanasiz. Uchinchi tomonlarning veb-saytlari yoki xizmatlaridan ana shu uchinchi tomon shartlari asosida foydalanasiz.

14. DRM

Agar siz Microsoft raqamli huquqlarni boshqarish (DRM) tomonidan himoyalangan tarkibga kirsangiz, dasturiy ta'minot sizdan onlayn huquqlar serveridan mediadan foydalanish huquqini talab qilishi mumkin va ana shu tarkibni ishlata olishingiz uchun DRM yangilanishlarni yuklab o'rnatib olishingizni so'rashi mumkin. Batafsil DRM ma'lumotini Microsoft Silverlight maxfiylik bayonnomasida ko'rishingiz mumkin (http://go.microsoft.com/fwlink/?LinkId=178857).

15. Microsoft .NET Framework dasturiy ta'minoti

Dasturiy ta'minot Microsoft .NET Framework dasturiy ta'minotiga ega bo'lishi mumkin. Bu dasturiy ta'minot Windows-ning bir qismidir. Windows litsenziya shartlari .NET Framework dasturiy ta'minotidan foydalanishingizni boshqaradi.

16. Shartning saqlanib qolishi

"Maxfiylik" bo'limi va 9 (mazkur shartnomaning tugatilishidan oldin undiriladigan qiymatlar qismi), 10, 11, 12, 19, 20-bo'limlar hamda tugatilgandan so'g ham qo'llaniladigan shartlar mazkur shartnoma tugatilgandan yoki bekor qilingandan so'ng ham o'z kuchini saqlab qoladi.

17. Shartlarni tayinlash va huquqlarni boshqalarga berish

Biz mazkur shartnomani to'laligicha yoki bir qismini istalgan paytda sizni xabardor qilmasdan shartlarini tayinlashimiz mumkin. Siz mazkur shartnomani boshqasiga tainlashingiz yoki xizmatlardan foydalanishda huquqlarni berishingiz mumkin emas.

18. Xabarnomalar

Siz Microsoft-ga xizmatlar haqidagi ma'lumotni yoki qonun tomonidan talab qilinadigan ma'lumotlarni, xizmatlardan foydalanishga ro'yxatdan o'tayotgan paytingizda kiritgan elektron pochtangiz manziliga jo'natishga roziligingizni bergan hisoblanasiz. Elektron xabar jo'natilishi bilan sizga jo'natilgan xabarnoma berilgan va siz tomondan qabul qilingan hisoblanadi. Agar siz xabarnomalarni qabul qilishga roziligingizni bermasangiz, siz xizmatlardan foydalanishini to'xtatishingiz shart. Xizmatlar bo'yicha mijozlarni qo'llab quvvatlashda belgilab berilgan yo'l orqali Microsoft-ni xabardor qilishingiz mumkin.

19. Da'volar bir yil ichida berilishi kerak

Mazkur shartnoma yoki xizmatlar bilan bog'liq har qanday da'vo uni birinchi bermoqchi bo'lgan kuningizdan boshlab bir yil muddat ichida berishingiz kerak, mahalliy qonunlaringiz da'volarga uzoqroq muddat talab qilsan bundan mustasno. Agar mana shu muddat ichida da'vo qilinmasa, da'vo umuman rad qilinadi.

20. Shartnomani talqin qilish

Bu shartnoma siz bilan Microsoft o'rtasida xizmatlardan foydalanish uchun tuzilgan to'liq kelishuvdir. Siz va Microsoft o'rtasida xizmatlardan foydalanish bo'yicha qilingan har qanday oldingi kelishuvlardan ustun turadi. Mazkur shartnomaning barcha qismlari tegishli qonunda ruxsat etilgunga qadar qo'llaniladi. Agar sud shartnomaning muayan bir qismini yozilgandek qo'llay olmaymiz deb topsa, biz ana shu qismni joriy qonunga muvofiq qo'llaniladigan qilib o'zgartirishimiz mumkin, lekin shartnomaning qolgan qismi o'zgarmaydi. Shartnoma bo'limlarining sarlavhalari ma'lumot uchun bo'lib hech qanday qonuniy kuchga ega emas.

21. Uchinchi tomonlar foydasi emaslik

Mazkur shartnoma faqat sizning va bizning foydamiz uchundir. U boshqa hech qaysi shaxsning foydasi uchun emas, Microsoft-ning huquqiy vorislari va keyingi huquq egalari bundan mustasno.

22. Shrift tarkibiy qismlari

Xizmatlardan foydalanayotgan paytingizda shriftlardan faqat tarkibni aks ettirish va chop qilish uchun foydalanishingiz mumkin. Shriftlarga qo'yilgan har qanday cheklovlarni aylanib o'tolmaysiz.

23. Qo'llab-quvvatlash

Microsoft brendi ostidagi mahsulot va xizmatlar bo'yicha mijozlarni qo'llab-quvvatlash Microsoft Javoblar (http://answers.microsoft.com) va Windows veb-saytida (http://windows.microsoft.com) mavjud. MSN internetga kirish bo'yicha mijozlarni qo'llab-quvvatlash MSN qo'llab-quvvatlash veb-saytida mavjud (https://support.msn.com). Bing va Bing mijozlarini elektron pochta orqali qo'llab-quvvatlash Bing qo'llab-quvvatlash veb-saytida mavjud (https://support.discoverbing.com).

24. Eksport cheklovlari

Microsoft-ning bepul dasturiy ta'minotlari va xizmatlari Qo'shma Shtatlar hamda boshqa yurisdiksiyalarning eksport va texnologiyalar qonunlariga bo'ysunadi va siz dasturiy ta'minot va/yoki xizmatlarga qo'llaniladigan barcha tegishli qonun va qoidalarga amal qilishga roziligingizni izhor qilgan bo'lasiz. Mazkur bepul dasturiy ta'minot va xizmatlarni har qaysi embargo qo'yilgan mamlakatga yoki muayyan taqiqlangan tomonga uzatishda Qo'shma Shtatlari hukumatining ruxsati talab etiladi. Batafsil ma'lumot olish uchun AQSh G'aznachilik departementi veb-saytini ko'ring (http://go.microsoft.com/fwlink/?LinkID=243206). Shuningdek, pullik xizmatlar ham Qo'shma Shtatlar eksport qonunlari va qoidalariga bo'ysunadi, ularga ham rioya qilishingiz shart bo'ladi. Bu qonunlar yo'nalishlarga bo'lgan cheklovlarni, so'nggi foydalanuvchilarni va so'nggi foydalanishni o'z ichiga oladi. Qo'shimcha ma'lumot olish uchun Microsoft mahsulotlarini eksport qilish veb-saytini ko'ring (http://www.microsoft.com/exporting).

XABARNOMALAR

Mualliflik huquqi buzilganlik haqida da'vo qilish xabarnomalari va amalga oshirish tartibi. Mualliflik huquqi bizilganlik bo'yicha da'vo xabarnomalari Microsoft-ning tayinlangan agentiga jo'natilishi kerak. QUYIDAGIGA JARAYONGA TAALLUQLI BO'LMAGAN SAVOLLARGA JAVOB BERILMAYDI Tafsilotlar va aloqa ma'lumotlari uchun, Mualliflik huquqini buzish bo'yicha shikoyatlar qilish xabarnomasi va jarayonini (http://www.microsoft.com/info/cpyrtInfrg.htm) ko'ring.

Intellektual mulkka tegishli xabarnomalar va amalga oshirish tartiblari Sponsorlik saytlari reklamasida aks etgan. Intellektual mulk bo'yicha ma'lumotni reklama tarmog'imizdagi Intellektual mulk yo'riqnomamizni (http://go.microsoft.com/fwlink/?LinkId=243207) ko'ring.

Mualliflik va savdo belgisi haqidagi xabarnomalar. Xizmatlarning barcha tarkiblari Mualliflik huquqi © 2012 Microsoft korporatsiyasi va/yoki uning yetkazib beruvchilarning, One Microsoft Way, Redmond, WA 98052, AQSh, mualliflik huquqi hisoblanadi. Barcha huquqlar himoyalangan. Biz yoki bizning yetkazib beruvchilarimiz xizmatlardagi yoki ularning tarkibidagi nomlar, mualliflik huquqi va boshqa intellektual mulk huquqlarining egasi hisoblanamiz. Microsoft va barcha Microsoft mahsulotlari, dasturiy ta'minoti va xizmatlarining nomlari, logotiplari va tasvirchalari, yoki ushbu Microsoft (http://www.microsoft.com/about/legal/en/us/IntellectualProperty/Trademarks/EN-US.aspx) tegishli Qo'shma Shtatlar hududida va/yoki boshqa mamlakatlardagi savdo belgilari yoki ro'yxatdan o'tgan savdo belgilari bo'lishi mumkin. Joriy kompaniya va mahsulotlarning nomlari tegishli egalarining savdo belgilari bo'lishi mumkin. Mazkur shartnomada ochiq ko'rsatilmagan huquqlar himoyalangan. Microsoft-ning muayyan veb-sayt serverlarida foydalaniladigan muayyan dasturiy ta'minot qisman Mustaqil JPEG guruhi ishiga asoslangan. Mualliflik huquqi © 1991-1996 Thomas G. Lane. Barcha huquqlar himoyalangan. Microsoft veb-sayti serverlarida foydalaniladigan "gnuplot" dasturiy ta'minoti © 1986-1993 Thomas Williams, Colin Kelley mualliflik huquqi hisoblanadi. Barcha huquqlar himoyalangan.

Birja kotirovkalari va indeks ma'lumotlari (jumladan indeks qiymatlari). Interaktiv ma'lumotlar korporatsiyasi ("IDC") va uning filiallari ("IDC Ma'lumotlari") tomonidan taqdim qilingan ma'lumotlari, jumladan, xizmatlardagi ma'lumotlari, IDC va uning filiallariga tegishlidir. IDC ma'lumotini faqatgina shaxsiy foydalanishingiz uchun saqlash, ishlatish, tahlil qilish, chop etish va aks ettirishga ruxsat etiladi. IDC ma'lumotini har qanday shaklda boshqalarga nashr qilishingiz, qayta uzatishingz, qayta tarqatishingiz yoki boshqa yo'l bilan qayta ishlashingiz mumkin emas. Shuningdek, siz har qanday IDC ma'lumotini har qanday biznes yoki tijorat kompaniyasida, jumladan, lekin u bilan cheklanib qolmay, har qanday qimmatbaho qog'ozlarda, investitsiyalarda, hisob-kitobda, bank ishida, yuridik ishlarida yoki axborot vositalari biznesida yoki kompaniyasida yoki yuqoridagilarga bog'liq ishlarda foydalana olmaysiz. IDC ma'lumotiga asoslanib xavfsiz savdoni amalga oshirishingizdan avval, narxlar haqidagi ma'lumotlarni brokeringiz yoki boshqa moliya sohasidagi mutaxassis bilan maslahatlashib olishingiz tavsiya qilinadi. Na IDC, va na uning filiallri yoki tegishli litsensiya egalari har qaysi foydalanuvchi oldida IDC ma'lumotining yetkazilishida, qaysi sababdan bo'lishidan qat'i nazar, har qanday uzilib qolishi, noto'g'riligi, kechiktirilishi, xatosi yoki yetishmasligi yoki shularning natijasida kelib chiqqan har qanday zararlar (bevosita bo'ladimi yoki bilvosita, jarima ko'rinishdami yoki namunalimi) uchun javobgar bo'lmaydi. Mazkur bo'limning shartlari Microsoft bilan IDC va uning filiallari o'rtasidagi kelishuvini aks ettiradi va siz ushbu bo'lim, shartnomaning boshqa bo'limlari emas, shartnomaning boshqa sharti bilan zid yoki nomutanosib kelganda IDC ma'lumotlariga nisbatan qo'llanilishiga roziligingizni bergan hisoblanasiz.

Siz har qanday moliyaviy yoki investitsion mahsulotni (masalan, derivativlarni, tuzilmali mahsulotlar, investitsion fondlar, savdo-ayirboshlash mahsulotlari, investitsion mahsulotining narzi, foydasi va/yoki bajarish instrumenti har qanday indekslar yoki proksilarni kuzatishga asoslangan, tegishli yoki kuzatish maqsadi mavjud investitsion portfellar) chiqarishda, yaratishda, savdo qilishda, marketing qilishda yoki qiymatini oshirishda, Dow Jones-ning indekslaridanSM, indeks ma’lumotlaridan yoki Dow Jones baholashlaridan u bilan alohida shartnoma tuzmasdan turib foydalana olmaysiz.

Moliya xususidagi xabarnoma. Microsoft korporatsiyasi Qo'shma Shtatlarning qimmatli qog'ozlar haqidagi qonuni yoki boshqa yurisdiksiyadagi qimmatli qog'ozlar haqidagi qonuniga muvofiq broker/diler yoki ro'yxatdan o'tgan investitsion maslahatchi emas va boshqa shaxslarga qimmatli qog'ozlarga yoki boshqa moliyaviy mahsulot va xizmatlarga sarmoya tikish, ularni xarid qilish yoki sotish bo'yicha maslahatlar bermaydi. Xizmatlarda kelgan nimaiki ma'lumot bo'lsa har qanday qimmatli qog'ozni sotib olish yoki sotishga taklif yoki iltimosnoma deb tushunilmasligi kerak. Na Microsoft, va na uning birja kotirovkalari yoki indeks ma'lumotlari bo'yicha litsenziya egalari har qandy moliyaviy mahsulot yoki xizmatlarni taklif yoki tavsiya qilmaydi. Xizmatlardagi hech qaysi ma'lumot professional maslahat deb tushunilmasligi kerak, jumladan, lekin u bilan cheklanib qolmay, investitsiya yoki soliq bo'yicha maslahatlar.

H.264/AVC Visual Standard va VC-1 Video Standard haqida xabarnoma. Dasturiy ta'minot H.264/MPEG-4 AVC va/yoki VC-1 kodni o'qish texnologiyasini o'z ichiga olgan bo'lishi mumkin. MPEG LA, L.L.C. ushbu xabarni yetkazadi:

USHBU MAHSULOT AVC VA VC-1 PATENTLI PORTFEL LITSENZIYALARI ASOSIDA LITSENZIYALANGAN BO'LIB ISTE'MOLCHILARNING SHAXSIY VA NOTIJORAT MAQSADLARIDA (A) STANDARTLARGA MOVOFIQ VIDEO ("VIDEO STANDARTLARI") KODINI O'QISH VA/YOKI (B) ISTE'MOLCHI TOMONIDAN SHAXISY VA NOTIJORAT FAOLIYATIDA KODLAB QO'YILGAN YOKI SHUNDAY VIDEONI TAQDIM QILISHGA LITSENZIYA OLGAN VIDEO PROVAYDERI TOMONIDAN KODLAB QO'YILGAN AVC VA VC-1 VIDEOLARNING KODLARINI O'QISH UCHUN FOYDALANILADI. USHBU LITSENZIYALARNING HECH QAYSINISI BOSHQA MAHSULOTGA, U MAZKUR DASTURIY TA'MINOTGA ALOHIDA KIRITILISHIDAN QAT'I NAZAR TEGISHLI EMAS. BOSHQA HAR QANDAY FOYDALANISH UCHUN LITSENZIYA BERILMAYDI YOKI BERILISHNI NAZARDA TUTMAYDI. QO'SHIMCHA MA'LUMOTNI MPEG LA, L.L.C KOMPANIYASIDAN OLISH MUMKIN. MPEG LA VEB-SAYTIGA (http://go.microsoft.com/fwlink/?LinkId=31690) qarang.

Faqatgina oydinlashtirish maqsadida, mazkur xabarnoma mazkur shartnoma asosida taqdim qilingan dasturiy ta'minotdan, o'z ichiga (a) dasturiy ta'minotni uchinchi tomonlarga tarqatishni, yoki (b) uchinchi tomonlarga tarqatish uchun Video standartlarga muvofiq texnologiyalar bilan tarkib yaratishni o'ziga maqsad qilmagan normal ishda foydalanishni cheklamaydi va to'sqinlik qilmaydi.